Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘aniyevdan D’Augustinogacha - OFK Chempionlar Ligasida porlashi kutilayotgan yoshlarni e'lon qildi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar Ligasining 2020 yilgi mavsumida porlashi kutilayotgan yosh futbolchilarni e'lon qildi. Ro‘yxatdan 8 futbolchi, jumladan O‘zbekiston milliy jamoasi hamda BAAning «Shabab Al Ahli» klubi futbolchisi Aziz G‘aniyev ham o‘rin oldi.

Ro‘yxatda yana quyidagi futbolchilar bor: Feraz al Braikan. Saudiya Arabistoni U23 jamoasi safida Tailanddagi Osiyo chempionatida olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 19 yoshli hujumchi «An Nasr» safida OChL bahslarida harakat qiladi. U Saudiyaning bosh jamoasi safida ham maydonga tushib gol urishga ulgurgan.

Janubiy Koreya safida Tailanddagi musobaqada chempion bo‘lgan Kim Jin Ya ham OChLda porlashi kutilayotgan yosh futbolchilar qatoriga kiritilgan. U ayni damda Ikrom Aliboyev bilan birga «Seul»da o‘ynaydi.

Eronning «Istiqlol» klubi hujumchisi Mehdi Qoidi ham bu ro‘yxatga kiritilgan. 22 yoshli Qoidini Tailanddagi Osiyo chempionati-U23 musobaqasidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yinda eslab qolgan bo‘lsangiz kerak. 11-raqamli Qoidi zaxiradan maydonga tushib o‘yinni o‘zgartirgandi. Tailandda O‘zbekistonga qarshi BAA safida o‘ynagan «Al Ayn» futbolchisi Yahyo Nodir ham ro‘yxatga kiritilgan. U BAA yetakchisi «Al Ayn» safida ham o‘z o‘rnini topa olgan.

Ro‘yxatdagi asosiy yulduz esa Tailanddagi musobaqada Avstraliya bilan O‘zbekistonni aro yo‘lda qoldirib ketgan Nikolo D’Augustino. U O‘zbekistonga qanday gol urganini eslasangiz kerak. Kelib chiqishi italiyalik bo‘lgan D`Augustinoning yarim jamoani aldab urgan o‘sha goli keyinchalik musobaqaning eng zo‘r goli deb ham topildi. Nikolo Avstraliyaning «Pert Glori» jamoasi safida OChLda o‘ynaydi.
OChL-2020 da porlashi kutilayotgan futbolchilar qatoridan «Shanxay Shenxua»ning xitoylik futbolchisi Zu Chenji va tailandlik «Chiangrai» futbolchisi Ekanit Panya ham bor.
Mavzuga oid
11:54 / 07.10.2025
OFK O‘FAni 340 ming dollar jarimaga tortdi
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
13:23 / 27.09.2025
Madridda derbi, «Arsenal» va «Liverpul»da qiyin safar. Hafta o‘yinlari anonsi
18:20 / 29.10.2024