«Kontrakt to‘lovi aslida 74 foizga oshirilishi kerak edi» - Vazir o‘rinbosari
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonovning fikricha, O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalarida kontrakt narxlari yetarli miqdorda oshirilmagan.

Bugun, 7 fevral kuni, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligida hukumat qaroriga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Moliya vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Nodir Musliddinov kontrakt to‘lovi 18 foizga oshirilganiga izoh berdi.
«Kontrakt to‘lovlari OTMning ko‘rsatgan xizmatlari xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi. Bu xizmat tannarxiga nimalar kiradi? Eng avvalo, professor-o‘qituvchilarga to‘lanadigan oylik maoshlari. Shu bilan birga, binoning moddiy-texnika bazasini shakllantirish ham qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi.
Talabalarning to‘laydigan kontrakt miqdorining taxminan 90 foizi o‘qituvchilar oyligiga sarflanadi. O‘qituvchilar ish haqi 2018 yilning 1 sentyabridan 25 foizga, 2019 yil 1 yanvaridan 20 foizga, 1 iyuldan boshlab yana 25 foizga oshdi. Umumiy hisobda oylik ish haqlari 2,5 baravarga oshdi. Shunga monand ravishda, kontrakt to‘lovi atigi 18 foizga oshirildi. Lekin bu to‘lovlar OTMlar xarajatlarini qoplamaydi. Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirilmoqda», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov ham bu masalaga o‘z munosabatini bildirdi.
«2019 yil sentabr oyidan ish haqi, nafaqalar stipendiyalar 10 foizga oshirildi, lekin kontrakt to‘lovlari 18 foizga ko‘tarildi. Aslida, xarajatlarga monand to‘lovlar ham 74 foizga oshirilishi kerak edi. Ammo to‘lanayotgan kontrakt puli talabalarning ijtimoiy himoyasi hisoblanadi. Shuni hisobga olib kontrakt to‘lovi atigi 18 foizga oshirib qo‘yildi», deydi u.
Bundan avvalroq vazirlik o‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun kontrakt miqdorlari o‘zgarishi mumkinligini bildirgandi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
-
Tramp Putin bilan gaplashmoqchi. U «„qonli hammom“ni to‘xtatish»ni muhokama qilishi haqida yozdi
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

22:11 / 09.09.2021
Vazirlik to‘lov-kontrakt miqdori 10 foiz oshganiga izoh berdi

16:36 / 14.07.2021
Yangi O‘zbekiston universitetida kontrakt narxi qariyb 50 mln so‘m bo‘ladi

13:27 / 23.01.2021
Moddiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llash uchun yaratilgan yangi tizim qanday ishlayapti? Mutaxassis bilan suhbat

18:05 / 19.08.2020