Sport | 22:28 / 07.02.2020
5608
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya mash'alasi estafetasini ilk bor ayol kishi boshlab beradi

Olimpiya mash'alasi estafetasini ilk bor ayol kishi boshlab beradi. 121 kun davomida estafeta Yaponiyaning 47 ta prefekturasi orqali o‘tib, 24 iyulda Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilishi vaqtida yakunlanadi. 

Foto: Kyodo

Pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha Olimpiya chempioni, gretsiyalik Anna Korakaki 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari mash'alasi estafetasini boshlab beradi. Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, Korakaki Olimpiya mash'alasi estafetasini boshlab beradigan tarixdagi ilk ayol bo‘ladi. 

Korakaki 2016 yilgi Olimpiadada pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha musobaqalarda oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. 

Olimpiya mash'alasini yoqish marosimi Gretsiyaning Olimpiya shahrida 12 martda bo‘lib o‘tadi. So‘ngra mash'ala Gretsiya bo‘ylab 2 hafta olib yurilgach, maxsus reys bilan Yaponiyaga yetkaziladi.

121 kun davomida estafeta Yaponiyaning 47 ta prefekturasi orqali o‘tib, 24 iyulda Tokioda yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilishi vaqtida yakunlanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid