Jamiyat | 19:00 / 07.02.2020
16722
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Savdogarbank» yangi markazini ishga tushirdi

Foto: Savdogarbank

Xabaringiz bor, Prezidentning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida O‘zbekistonning bank tizimi xususida tanqidiy va tahliliy masalalar o‘rtaga tashlandi. «2020 yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e'tiborimiz markazida bo‘ladi. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan «loyihalar fabrikasi» faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim», – deyiladi murojaatnomada. Darhaqiqat, har bir bank o‘zining amalga oshirishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni tanlab oldi.

O‘zbekiston bank tizimi sohasida bir necha yillardan buyon aholiga beminnat xizmat ko‘rsatib kelayotgan «Savdogarbank» mamlakat prezidenti tomonidan bildirilgan fikrlar asosida mijozlarga qulaylik taqdim etish yo‘lida izlanmoqda.

Jumladan, 2020 yilning 31 yanvar sanasida Toshkent davlat agrar universitetida «Savdogarbank»ning markazi o‘z faoliyatini boshladi. Bu markazda mijozlar uchun keng ko‘lamli bank xizmatlari ko‘rsatiladi. Nega aynan agrar universitet tanlandi? Bu hududda mingdan ortiq professor o‘qituvchilar bilan birga 7 mingdan ziyod talabalar tahsil oladi. Qolaversa, Qibray tumani Salar qo‘rg‘oni o‘rganilganda bank xizmatlari ko‘rsatilmasligi, eng yaqini esa Qibray tumani markazida joylashgan ma'lum bo‘lgan. Bu esa yaqin atrofda istiqomat qiladigan aholiga bir qadar qiyinchilik tug‘dirgani tayin.

Bankimiz xizmatchilari yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadilar:

  • Maslahat berish va axborot xizmatini ko‘rsatish;
  • Bank amaliyotlari va hisob-kitoblarini o‘tkazish;
  • Yuridik va jismoniy shaxslarga bankdan mablag‘ berish va buning uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish hamda doimiy nazorat ostiga olish;
  • Xalqaro pul o‘tkazmalari;
  • Hisobvaraqlar holati va bajarilgan amaliyotlar haqida ko‘chirmalar va boshqa turdagi ma'lumotlarni berish;
  • Kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qilish;
  • Pul mablag‘larini qabul qilish va berish, kassa xizmatlarini ko‘rsatish.⠀

Prezident murojaatnomasida ta'kidlanganidek, bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi – tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga o‘rgatishdan iborat. «Savdogarbank»ning ham o‘zgarmas prinsipi ham shunday: aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish orqali O‘zbekiston bank tizimida munosib o‘rinni egallash. Bunga bankning moddiy va ma'naviy resursidan oqilona foydalangan holda, albatta, erishiladi.

Ishonchingiz uchun tashakkur!

Batafsil ma'lumot www.savdogarbank.uz saytida.

Telefon: +998 (71) 200-27-00

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid