Jamiyat | 22:40 / 07.02.2020
28547
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalarning qanchasi stipendiya olmay o‘qiyotgani ma'lum bo‘ldi

2019 yildan to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga stipendiyasiz kontrakt to‘lash imkoni berilgan edi. Bu imkoniyat yaratilganining birinchi yilidayoq 70 foizdan ortiq student undan foydalandi.

O‘zbekistondagi davlat OTMlari talabalarining umumiy reyting ko‘rsatkichlari e'lon qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, respublikadagi jami 99ta mahalliy OTMda kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarning umumiy soni 278 885 nafarni tashkil etadi.

O‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklida tahsil olayotgan jami talabalar (bakalavr va magistratura)ning 29,8 foizi (83 001 nafari) stipendiyali, 70,2 foizi (195 884 nafar) stipendiyasiz kontrakt to‘lovini amalga oshirishdi.

«Umumiy hisobda mahalliy oliy ta'lim muassasalarida 171 ming 456 nafar talaba (davlat granti asosidagi 88 ming 455 nafar talaba bilan qo‘shganda) stipendiyali asosda tahsil oladi», – deb ma'lum qilindi 7 yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘tkazgan matbuot anjumanida.

Mavzuga oid