Tailandda askar bilan otishma davom etmoqda: qurbonlar soni ortdi
Avvalroq qurbonlar soni 12 nafar ekanligi aytilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida 17 kishi halok bo‘lgan.
Tailandda yana otishma boshlandi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.
Nashrning yozishicha, Nakxonratchasima shahrida o‘ndan ortiq kishini otib o‘ldirgan askar Jakrapant Txomma yashirinib olgan savdo markazida otishma ovozlari eshitilmoqda. Maxsus bo‘linma harbiylari «Terminal-21» savdo markazi atrofini o‘rab olgan.
«Ranshe vsex. Nu pochti» Telegram-kanalining xabariga ko‘ra, politsiyachilar hozircha uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lmagan — u 16 kishini garovda ushlab turibdi. Voqea joyiga askarning onasi ham olib kelingan, u o‘g‘lini taslim bo‘lishga ko‘ndirishga urinmoqda.
Ma'lumot berilishicha, Txomma dastlab harbiy lagerda o‘z komandiri va ikki kishini otib tashlagan, so‘ngra u yerdagi harbiy mashinaga o‘tirib qochib ketgan. U Muang rayonidagi «Terminal-21» savdo markaziga yo‘l olgan va u yerga yetib borguncha yo‘lida uchragan o‘tkinchilarni o‘qqa tutgan. Avvalroq qurbonlar soni 12 nafar ekanligi aytilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida 17 kishi halok bo‘lgan.
U savdo markazidagi harakatlarini Facebook orqali jonli tarzda namoyish etgan. Oradan bir oz vaqt o‘tib uning sahifasi bloklangan.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024