Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus Rossiya neftini jahon narxlarida sotib oladi
Avvalroq Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak Rossiya va Belarus delegatsiyalari Sochidagi muzokaralar davomida 2020 yil uchun neft va gaz yetkazib berish shartlari to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma'lum qilgandi.
Belarus neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya kompaniyalaridan neftni jahon bozori narxlarida sotib oladi. Bu haqda Belarus bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Krutoy ma'lum qildi.
"Neft, neft bozori bo‘yicha kelishuvlar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, Rossiya tomoni Belarus neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neft kompaniyalari bilan kelishgan holda neftni jahon bozorida o‘rnatilgan narxlarda sotib olishiga rozi bo‘ldi", - deya Krutoyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BelTA agentligi.
Bundan tashqari, Krutoy Minsk Rossiya neft bozoridagi barcha sub'yektlar bilan muzokaralar olib borishini ma'lum qildi.
"Biz ko‘p yillardan beri Belarusga neftni asosan katta beshlik - "Rosneft", "Lukoyl", "Tatneft" va boshqa kompaniyalar yetkazib berishiga o‘rganib qolgandik. Ular bilan muzokaralar albatta davom etadi. Ammo "Belneftexim" konserni va neftni qayta ishlash zavodlarimiz Rossiya neft bozorining barcha sub'yektlari bilan ishlaydi. Kelasi haftadan muzokaralarni boshlaymiz", - dedi u.
Avvalroq Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak Rossiya va Belarus delegatsiyalari Sochidagi muzokaralar davomida 2020 yil uchun neft va gaz yetkazib berish shartlari to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Sochida muzokara o‘tkazdi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026