Google o‘z xodimlarini sog‘lom ovqatlanish tarziga o‘tkazishga harakat qilmoqda
Bu yerda go‘shtli taomlar va desertlar porsiyalari kamaytirilmoqda, xodimlar gazlangan suv va M&M’s o‘rniga oddiy suv va mevalarni tanlashi uchun xonalarning joylashuvi o‘zgartirilmoqda.
Google kompaniyasining global oziq-ovqat dasturi direktori Maykl Bakker xodimlarning sog‘lom ovqatlanishlariga e'tibor qaratmoqda.
Kompaniya keyingi besh yil davomida xodimlarga nafaqat taomlar yoqishi, balki ularning sog‘lom bo‘lishlari uchun oziq-ovqat dasturini o‘zgartirdi.
Bu yerda go‘shtli taomlar va desertlar porsiyalari kamaytirilmoqda, xodimlar gazlangan suv va M&M’s o‘rniga oddiy suv va mevalarni tanlashi uchun xonalarning joylashuvi o‘zgartirilmoqda.
Maykl Bakkerning so‘zlariga ko‘ra, bundan maqsad, sog‘lom ovqatlanish tarzini oddiy va hammabop qilishdir.
Natija esa yomonmas, deb yozadi OneZero. Google’ning birgina Nyu-Yorkdagi ofisida har kuni 10 ming kishi ovqatlanadi. Nonushtaga 2300 ta salat tanovul qilinmoqda, ikki yil avval esa bu yerda birorta ham salat yeyilmasdi.
2017 yildan 2018 yilgacha dengiz mahsulotlarini iste'mol qilish 85 foizga oshdi.
2018 yilda Nyu-Yorkdagi «guglchilar» oddiy suvni shirin suvlarga nisbatan besh baravar ko‘proq ichgan.
Hozirda AQShda semirish har beshinchi bola va har uchinchi katta yoshli kishida uchraydigan kasallik hisoblanadi. Vaziyatni o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlar hozircha samara bermayapti.
«Google ovqatlanish madaniyatini o‘zgartirishga harakat qilmoqda», — deydi Yyel universiteti profilaktika tadqiqot markazi direktori va asoschisi Devid Kats.
Uning fikricha, jamiyat salomatligi va o‘zini tutishini o‘zgartirish uchun AQShda xuddi mana shu darajaga erishilishi kerak.
Ammo Google’dagi bu o‘zgarishlardan hamma ham xursand emas. Ayrimlar sharbat uchun stakanlar judayam kichkinaligidan shikoyat qilgan bo‘lsa, ayrimlar «karam yeyish bekor qilinsin» kabi petitsiyalar bilan chiqdi. Nyu-Yorkda esa kompaniya xodimlarning ofisda Red Bull ichimligi bilan ta'minlash to‘g‘risidagi talabiga bo‘ysunishiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
22:10 / 03.11.2024
Google tasodifan Ukrainadagi harbiy obektlarning xaritalarini oshkor qildi
20:32 / 30.10.2024
Rossiya Davlat xizmatlari Google servislarini o‘chirishga tayyorgarlik boshladi
00:49 / 30.10.2024
Microsoft Googleʼni o‘z biznesiga putur yetkazayotgan «yashirin kampaniyalar»da aybladi
18:40 / 29.10.2024