Avtomobil grek tilidan tarjima qilganda «avto» − özi, «mobil» − harakatlanuvçi degan ma’noni anglatadi. Inson yoki jonivor muşaklari mehnatidan foydalanmay, sof texnik asosga ega ulovni yaratişga bölgan harakatlar 18 asrga borib taqaladi.

Öyinçoq buğmobil

Inson mehnatisiz harakatlanuvçi avtomobilning ilk prototipi 1672 yilda katolik jamiyati a’zosi Ferdinand Verbist tomonidan yaratiladi. U Xitoy imperatoriga atab, buğ bilan harakatlanuvçi ulov − buğmobilni işlab çiqadi. Bir marta kömir yoqilganda taxminan 1 soatgaça harakatlansa-da, bu ulov köproq öyinçoq körgazmaga öxşardi, undan yuk yoki yölovçi taşiş uçun foydalanib bölmasdi.

Verbist buğmobili (1672)

Aynan Verbist öz asarlaridan birida «motor» sözini hozirgi ma’nosida qöllagan. Ammo çin ma’nodagi haqiqiy motor yaratilişi uçun yana ikki asr vaqt kerak böldi.

Dvigatel

Yoqilğini energiya kuçiga aylantirib beruvçi dvigatelning ilk körinişini 1807 yilda şveysariyalik yeFransua Isaak de Rivas işlab çiqdi. Dvigatel vodorod bilan işlar, harakat yuzaga kelişi uçun uçqun talab etilardi. De Rivasning ixtirosi boşqa olimlarni ham dvigatelni takomillaştirişga ilhomlantirdi.

Rivaz yaratgan özi harakatlanuvçi ekipaj (1807)

Va 1885 yilda nemis injyeneri Gotlib Daymler hozirgi körinişdagi dvigatelni yaratadi, şu yili karbyuratorni ham öylab topib, ilk mototsikl uçun patent oldi. Dvigatel iqtisodiy jihatdan tejamkor va ixçam bölgani uçun ham aynan Daymler dvigateli avtomobil yaratişga bölgan işonçni paydo qildi.

Daymler dvigateli (1885)
Birinçi mototsikl (1885 yil)

«Otsiz harakatlanuvçi foytun»

Biz tasavvur qiladigan ilk avtomobilning «katta bobosi» 1886 yilda nemis ixtiroçisi Karl Bens tomonidan yaratilgan. Motorwagen deb nomlangan avtomobili uçun Bens Daymler dvigatelidan foydalandi. Bir yildan söng ilk avtomobil sifatida patentlaştirilgan Motorwagen otsiz foytunni esga solardi.