Sport | 01:32 / 10.02.2020
17918
2 daqiqa o‘qiladi

Dzyudo afsonasining 10 yil davom etgan g‘alabali seriyasiga chek qo‘yildi (video)

Fransiyalik dzyudochi Teddi Rinerning 2010 yil sentyabrdan beri davom etib kelayotgan g‘alabali seriyasiga chek qo‘yildi. Afsonaviy dzyudochi yaponiyalik Kokoro Kageurega mag‘lub bo‘ldi.

100 kgdan yuqoriroq vazn toifasida ishtirok etuvchi Riner “Katta dubulg‘a” seriyasining Parijda o‘tgan bosqichida o‘zidan ancha ixchamroq raqibiga yutqazib qo‘ydi. 

 

 

E'tiborlisi, yengilmas fransuzning qatorasiga 154 ta g‘alabadan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi 2010 yil sentyabrdan beri davom etib kelayotgandi. 

Bu Teddi Rinerning kattalar darajasidagi faoliyati davomidagi uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Avvalroq u 2008 yilgi Olimpiadaning yarimfinalida hamda 2010 yilgi jahon chempionatida mag‘lubiyat alamini totgan.

30 yoshli Riner ikki karra Olimpiya chempioni (2012, 2016), 11 karra jahon chempioni va 5 karra Yevropa chempioni hisoblanadi. 

Mavzuga oid