Maktablarda gastarbayterlik fanini kiritish taklif etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maktablarida gastarbayterlik fanini kiritish taklifi bildirildi.
«Maktablarda gastarbayterlik fanini kiritish kerak. Har yili maktabni 700 ming o‘quvchi bitirib, ularning deyarli yarmi mardikorchilikka mahkum!», degan mazmundagi post e'lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, mamlakatimizda 2018 yilda 11 yillik ta'lim tizimiga qayta o‘tilgandan so‘ng 2019 yilda maktabni 200 mingdan ziyod o‘quvchi bitirdi. Joriy yilda ham bitiruvchilar soni 200 mingdan ziyod bo‘ladi.
Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta'lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Mazkur o‘quv maskanlarida yoshlarning kasb o‘rganishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, xalq ta'limi tizimida o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Unda zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi.
Umuman olganda, vazirlik maktab o‘quvchilari orasida kasb-hunar ta'limini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
16:00 / 11.11.2024
Xavotir bilan boshlangan xayrli ish – Farg‘onadagi maktab olma bog‘idan yaxshigina daromad olyapti
15:42 / 28.10.2024
O‘zbekistonda maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
19:45 / 09.10.2024