Turk harbiylari yana Idlibda o‘qqa uchradi
Turkiyalik besh nafar harbiy Idlibda Suriya hukumati armiyasi tomonidan yo‘llangan artilleriya zarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Turkiya Suriyada so‘nggi kunlarda ikkinchi marta yo‘qotishga uchramoqda - o‘tgan haftaning dushanbasida suriyaliklar hujumidan 8 nafar turkiyalik harbiy halok bo‘lgandi.

Sarakibga yaqinlashayotgan suriyaliklar Foto: AFP
Turkiya Mudofaa vazirligi dushanba kuni Suriya shimolida, Idlib viloyati hududidagi kuzatuv punktlariga Bashar Asad armiyasi tomonidan hujum uyushtirilgani va bu hujum oqibatida besh askar halok bo‘lib, yana besh askar jarohatlangani haqida ma'lum qilgan.
«Suriya hukumati harbiylari tomonidan Idlib hududida amalga oshirilgan artilleriya hujumi oqibatida besh nafar askarimiz halok bo‘lib, besh askar jarohatlandi. Javob zarbasi qaytarildi», - deya vazirlik bayonotidan iqtibos keltiradi NTV telekanali.
Ma'lum qilinishicha, turk harbiylari Suriya armiyasining pozitsiyalariga «javob zarbalari qaytargan».
Qayd etish kerakki, bu Suriya hukumati armiyasi bir hafta muddat ichida ikkinchi marta Idlibdagi armiyachilarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan turkiyalik harbiylar o‘limi bilan yakunlangan hujum uyushtirishi bo‘lmoqda. O‘tgan yil oxirida Bashar Asad armiyasi Idlibga yurish boshlagandi. 3 fevral kuni Turkiyaning 8 nafar harbiysi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘shanda Turkiyaning javob zarbasidan 76 nafar suriyalik askar halok bo‘lganini aytgandi. U 5 fevral kuni Suriya harbiylari oy oxiriga qadar turklarning Idlibdagi kuzatuv punktlaridan uzoqlashishi kerakligini aytib, aks holda keng ko‘lamli hujum boshlash bilan tahdid qilgandi. Bu postlar 2017 yilda Rossiya, Turkiya va Eron o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq tashkil etilgandi.

So‘nggi kunlarda Turkiya harbiylari faollik bilan Idlibdagi postlarni mustahkamlashmoqda. 8-9 fevral kunlari Anqara maxsus topshiriqli harbiy bo‘linmalarini hamda zirhli texnikalarini Suriya shimoliga yuborgan. OAV ma'lumotiga ko‘ra, Idlibdagi bazalarga 1240ta harbiy texnika (tanklar, zirhli texnikalar va o‘q-dori ortilgan mashinalar) hamda 5 ming askar kelib qo‘shilgan.
O‘tgan haftaning juma kuni Suriya harbiylari Idlibdagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Sarakib shahrini egallab olishgandi. Bu shahar ikkita asosiy avtomagistral kesishmasida joylashgan, yo‘llarning biri shimolni janub bilan - ya'ni Halabni Damashq bilan bog‘lasa, ikkinchisi mamlakat g‘arbini sharq bilan bog‘laydi. Shundan keyin turk harbiy kolonnalari Idlibga yo‘l olgan.
Ayni vaqtda Suriya hukumati harbiylari bir milliondan ortiq kishi yashaydigan Idlib shahridan 16 km masofada joylashgan.
Shanba kuni Anqarada Turkiya va Rossiya hukumatlari delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Turkiya armiyasining Idlibdagi kuzatuv punktlari taqdiri ham muhokama qilingan. Yaqin vaqtlar ichida Anqarada muzokaralarning davomi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Avvalroq Erdo‘g‘an Idlibdagi vaziyatga toqat qilib bo‘lmasligini aytib, yuzaga kelgan vaziyatda Suriya hukumatini qo‘llayotgan Rossiyani ham ayblagandi.
Idlib viloyati Suriya muxolifatining so‘nggi tayanchi bo‘lib qolmoqda. Turkiya va Suriya prezidenti Bashar Asadning asosiy ittifoqchisi Rossiya 2018 yilda Idlibda harbiylardan xoli hududni tashkil etish bo‘yicha kelishuv tuzgandi. Ammo bu kelishuv shartlariga amal qilinmadi.
Erdo‘g‘an avvalroq Rossiyani mintaqada harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzishda ayblagandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 18:22
-
“Aholi uy-joy va tomorqasiga yetkazilgan zarar qoplanadi” – “O‘zbekgidroenergo”
O‘zbekiston | 18:06
-
AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi
Fan-texnika | 18:00
-
Tramp jahon chempionatida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarga ruxsat berdi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

16:44 / 02.05.2025