Toshkent shahar bojxona tizimida 10 nafar rahbar xodim ishdan olindi
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov 12 fevral kuni Toshkent shahar bojxona boshqarmasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi.

Foto: Norma.uz
Qo‘mita axborot xizmati vakili Husan Tangriyevning ma'lum qilishicha, tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2 nafar o‘rinbosarlari, boshqarmaning 4 nafar bo‘lim boshliqlari, 2 nafar bojxona posti boshliqlari, «Ark-buloq» bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
«Shuningdek, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining yangilangan tarkibdagi o‘rinbosarlari jamoaga tanishtirildi.
Jumladan, B.Muratov Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib, N.Salimjonov va N.Usmonov boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari etib tayinlanishdi.
Boshqarma bo‘limlariga ham boshliqlar tayinlandi», – deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, bojxona sohasida «tamagirlikka mukkasidan ketgan xodimlar uchrab turgani» hech kimga sir emas.
«Xo‘sh, ular nima uchun bunday qilmishlarga qo‘l uradi? Chunki qonun ustuvorligini his qilmaydi, o‘ziga haddan tashqari bino qo‘yadi. Bundaylarga qarshi kurash tizimda uzluksiz davom ettiriladi», – deya izoh berdi Husan Tangriyev.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bojxona postlaridan birining rahbari hibsga olingani va uning uyidan 400 ming dollar topilgani haqida gapirgan edi.
«Kecha bitta post rahbari qamaldi. Uyida 400 ming dollar. Bir kichkina post rahbari. Bu hali bir kunlik. Biz dunyo hamjamiyati bizni tan olishi uchun harakat qilyapmiz. Shunday paytda bu kabi ishlar davom etsa, nima bo‘ladi?
Mana shu tizimga rozi bo‘lmagan kishini xalq oldida rahbar bo‘lishga haqqi yo‘q, to‘nini tashlasin», – degandi prezident.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

13:29 / 15.05.2025
Bojxona organlari tomonidan fuqarolarga pulli xizmatlarni ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi

12:07 / 15.05.2025
Hududlarda mikrosanoat markazlari tashkil etiladi

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

22:43 / 23.04.2025