Qöşni davlatlardan öqişni köçirişga oid eng köp söralayotgan savollarga javoblar – vazirlik vakili bilan suhbat
|05:47 / 13.02.202086 7868 min
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Özbekiston fuqarolarining öqişlarini qöşni davlatlardan Özbekistonga köçiriş masalalarida qöşni respublikalar OTMlari tomonidan turli bahonalar bilan tösiqlar qöyilişi notöğriligini aytdi.
Şu yilning 7 fevralidan qöşni respublikalarda öqiyotgan özbekistonlik talabalar öqişini mahalliy OTMlarga köçiriş böyiça arizalar qabuli boşlangan edi.
Talabgorlar va ularning ota-onalaridan kelib tuşgan köplab murojaatlarni inobatga olgan holda, bu muddat 15 martgaça uzaytirildi.
Hukumat taqdim etgan bu imkoniyat qöşni davlatlarda öqiyotgan köplab özbek talabalari tomonidan xursandçilik bilan qabul qilindi. Çunki fuqarolar öqişini özi yaşab turgan hududiga köçiriş orqali çet elda öqiş qiyinçiliklari, yöl xarajatlari va boşqa şunga öxşaş turli ovoragarçiliklardan xalos bölişadi. Ammo bugungi kunga kelib, öqişini Özbekistonga köçiriş istagidagi talabalar ayrim muammolarga duç kelmoqdaki, vaziyat Oliy va örta maxsus ta'lim hamda Taşqi işlar vazirliklaridan jiddiy örganişlarni talab qilmoqda.
Gap şundaki, Qozoğiston va Qirğiziston Respublikalaridagi ayrim OTMlar özbekistonlik talabalarga öqişlarini köçiriş uçun zarur hujjatlarni bermayapti yoki buning uçun turli bahonalarni keltirgan holda yarim yillik kontrakt puli talab qilişmoqda.
Biz masala yuzasidan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi boş mutaxassisi Abdusamat Mamanazarov bilan intervyu taşkil qildik.
– Eşitişimizça, Qozoğiston va Qirğizistondagi ayrim OAV Özbekiston tomoni öz talabalari öqişini majburiy tarzda köçirayotgani haqida yozmoqda. Şuningdek, Özbekiston fuqarolarining ayrimlarida bu kabi fikrlar bor.
– Töğri aytdingiz, qöşni davlat ommaviy axborot vositalarida şunday fikrlar ham bildirilmoqda. Albatta, bu fikr notöğri.
Bundan birinçi navbatda qöşni davlatdagi OTM berayotgan ta'limdan qoniqmagan talabalarga öqişini Özbekistonga köçirişi uçun imkoniyat beriş maqsadi közlangan.
Qöşni davlatlarning nufuzli universitetlarida öqiyotgan va öşa muassasa berayotgan bilimdan qoniqqan talabalar öqişlarini bemalol davom ettirişlari mumkin.
Qaytaraman, bu majburiyat emas, imkoniyat.
– Qozoğiston va Qirğiziston Respublikalaridagi ayrim OTMlar özbekistonlik talabalarga öqişlarini köçiriş uçun zarur hujjatlarni bermayotgani yoki buning uçun turli bahonalarni keltirgan holda yarim yillik kontrakt puli talab qilişayotgani aytilyapti.
Mavzuga oid
Xöş, huquqiy jihatdan bu kabi talablar qançalik asosga ega va agar talab asosli bölmasa, fuqarolarimiz huquqlarini qanday himoya qilişi kerak?
Abdusamat Mamanazarov
– Siz aytayotgan holatlarni inobatga olganmiz. Fuqarolarimiz öqişini köçiriş böyiça hujjatlarni oliş uçun qöşni davlatlardagi elçixonalarga murojaat qilişlari lozim. Hozir bu masala yeçimi böyiça harakatlar boşlangan. Masala tezda yeçimini topadi.
– Eşitişimizga qaraganda, talabalar ikki vazirlikka ham hujjat olişda yordam sörab qönğiroq qilgan, ammo javob ololmagan holatlar ham uçramoqda. Nega sizlar tomoningizdan bu kabi elementar masalalarda ham kamçiliklar kuzatilmoqda?
– Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida aynan öqişni Özbekistonga köçiriş masalalarida böladigan murojaatlar uçun maxsus işonç telefoni taşkil qilingan. Unga köra, fuqarolar (+998 71) 246-38-57 telefon raqamiga qönğiroq qilib, bizning şu soha böyiça maxsus mutaxassislarimizdan tegişli javoblarni olişlari mumkin. Bu aloqa raqami belgilangan vaqtda töxtovsiz işlab turibdi.
Agar boğlanişda ayrim muammolar kuzatilayotgan bölsa, bu murojaatlarning öşa vaqtda köpayib ketgani bilan boğliq bölişi mumkin.
Men imkoniyatdan foydalanib yana bir ma'lumotni fuqarolarimizga yetkazmoqçiman.
Talaba har doim tahsil olgan muddatigagina kontrakt tölovini tölaydi. Bu tartib boşqa davlatlardagi oliy ta'lim muassasalari uçun ham amal qiladi. Hozirda talabalardan öqişimizni köçirib kelsak, qança muddatga kontrakt tölaymiz, mazmunidagi savollar köp bölmoqda.
Şuni alohida ta'kidlamoqçi edimki, talabalar öqişni köçiriş uçun heç qanday ortiqça tölovni amalga oşirmaydi. U öqişga kelgan paytdagi yangi semestr uçungina tölov qiladi.
Qöşni davlatdagi fuqaromizdan hujjati uçun pul söraş ayrim şaxslar tomonidan uyuştirilayotgan bölişi mumkin.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va Taşqi işlar vazirligi örtasida telefon orqali hamda xat almaşinuvlari orqali muloqotlar bölib turibdi.
Vazirlik vakillari qöşni davlatlardagi elçixonalar bilan boğlanişdi. Hozirda yuzaga kelgan vaziyat böyiça kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça işlanmoqda.
– Kerakli hujjatlarni qöşni davlatdagi OTMdan olgan talabalar Özbekistondagi ta'lim muassasalariga topşirmoqda. Ammo eşitişimizça, ayrim paytlarda talabaning yaşaş hududidagi universitet qabul tölgani sababi bilan talabaning hujjatini qabul qilmayotgan ekan.
– Bu yerda fuqaro avvalo qöşni davlatda öqigan mutaxassisligiga mos yönalişga qabul qilinadi. Şuningdek, ularning öqişlarini asosan keçki va sirtqi ta'limga köçiriş belgilangan.
Agar fuqaroning öz hududidagi ta'lim muassasasida öşa mutaxassislik böyiça yönalişlar bölmasa, unda talaba boşqa turdoş yönalişlarga tavsiya etiladi.
Agar öşa hududda turdoş yönalişlar ham topilmasa, unda talabaga qöşni hududlarga hujjatlarini topşiriş tavsiya etiladi. Bunda fuqaroga yaqin bölgan boşqa hududlar tanlanadi.
– Öqişini köçirayotgan talabalar nega Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi universitetlarga qabul qilinmayapti? Axir respublikadagi eng köp OTMlar Toşkent şahrida joylaşgan-ku.
– Töğri aytdingiz, Toşkentda OTMlar juda köp. Bu tizimning hududlar kesimida olingani esa fuqarolardan arizalar qabul qiliş jarayonidagi navbatlarni keskin oşib ketişini oldini oliş bilan boğliq. Bunda taqsimotni töğri qilib, navbat yukini boşqa hududlarga ham böliş reja qilingan.
Biz hujjat qabuli böyiça kunlik ma'lumotlarni tahlil qilib boryapmiz. Bu jarayonda kutganimizdek, eng köp navbat Toşkent şahri va Toşkent viloyatida kuzatilmoqda.
Agar biz hujjat qabul qilişni hududlarga ham teng böliş tizimini qilmaganimizda edi, bu navbatlar bir neça ön barobar oşib, qilgan işimiz özining salbiy natijasini berişi mumkin edi.
– Qöşni davlatlardan öqişini köçirayotgan fuqarolarning köpçiligi qöşni davlat ta'lim muassasasida birinçi kurs talabalari ekan. Ular öqişini köçiriş masalasi qanday hal qilinadi, çunki ularning köpçiligi hali birinçi semestrni yopişga ham ulgurmagan.
Xöş, ular birinçi semestrni yopmasdan ham öqişlarini köçirişi mumkinmi?
– Talabalarning öqişini köçiriş masalalari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli Qaroriga asosan amalga oşiriladi. Şu qaror asosida “Oliy ta'lim muassasalari talabalarining öqişlarini köçiriş va qayta tiklaş tartibini belgilaş töğrisida”gi nizom tasdiqlangan.
Mazkur nizomda birinçi kursning birinçi semestri töliq yakunlanmagan holatda talabalarning öqişini köçirişga yöl qöyilmasligi belgilangan.
Şu nuqtayi nazardan talabalardan talab qilinadigan jihat – birinçi kursning birinçi semestrini muvaffaqiyatli tamomlaş hisoblanadi.
Bizga şuningdek, qaysi hujjatlarni topşiriş borasida ham köplab murojaatlar bölmoqda.
Biz bu savolga öz javobimizni berdik va yana qaytaramanki, qöşni davlat OTMdan 3ta asosiy hujjatlarni oliş kerak.
Bular – belgilangan şakldagi ma'lumotnoma, reyting daftarçasidan nusxa va transkript. Biz endilikda qulaylik uçun e'lon qilingan uçta hujjatdan bittasi bölsa ham talabalarni qabul qilyapmiz.