Les Ailes – O‘zbekistonda birinchi bo‘lib «Halol» sertifikatini olgan tovuqli fast food tarmog‘i
Yurtimiz bo‘ylab 16 ta filialga ega fried chicken mahalliy tarmog‘i «Halol» sifat belgisiga ega bo‘ldi.
Bugungi kunda, kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shilgan, sifatsiz mahsulotlarning salbiy ta'siridan o‘zi va farzandlarini himoyalash maqsadida, sog‘lom ovqatlanishga o‘tishga harakat qilayotgan hamda taom tanlashga mas'uliyat bilan yondashayotgan insonlar soni butun dunyoda ortib bormoqda.
Har uchinchi qadoqda «organic», «eco», «sugar free» belgilari va boshqa marketing hiylalari bilan to‘la supermarketlarda xaridorlarga to‘g‘ri tanlov qilish qiyinlashmoqda. Bu belgilar taomlarni inson salomatligi uchun xavfsizligini bildiradi, ya'ni sabzavotlarda – nitratlar, kolbasada – konserogen va GMO, yogurtlarda – sun'iy bo‘yovchilar yo‘qligi va hokazo. «Halol» belgisi bilan sertifikatlash – mahsulotning xavfsizligi, tabiiy kelib chiqishi hamda belgilangan qoidalar bo‘yicha tayyorlanganligini anglatadi.
«Halol» atamasining o‘zi, mahsulot ekologik xavfsiz va aniq belgilangan tartiblar bo‘yicha tayyorlanganligi hamda barcha din vakillarining iste'mol qila olishini bildiradi. Tizim genetik modifikatsiya qilingan mahsulot va masalliqlarga nisbatan qattiq taqiqlarga ega. «Halol» tizimi ko‘plab oziq-ovqat qo‘shimchalardan ishlab chiqarishda foydalanishni taqiqlaydi.
Les Ailes o‘z faoliyatida bolalar auditoriyasiga katta e'tibor beradi, bunda, yuqori sifat ta'minlanishining o‘ta muhimligi, «Halal» sertifikatini olinishiga sabab bo‘ldi.
– Agar ishlab chiqarishda yagona ishlab chiqish tartibini ta'minlashning o‘zi yetarli bo‘lsa, umumiy ovqatlanish tizimida «Halol» belgisini olish uchun ko‘pgina shartlarni bajarish kerak. Buning sababi, restoran nafaqat taomlarning sifat va tayyorlanish standartlariga mosligiga, balki taomdagi har bir masalliqning «Halol» belgisiga ega bo‘lishiga javobgar bo‘ladi. Bizning holatda bu – tovuqning qanday yem bilan oziqlanganligidan boshlanib, oshxonalarimizda tayyorlanish jarayonlarigacha, barchasini qamrab oladi. Bu sertifikatni olish uchun biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Va bu, nafaqat erishilgan maqsad, balki mehmonlarimiz oldida juda katta mas'uliyat hamdir, - deb Les Ailes asoschisi Axmad Melibayev izoh berdi.
«Halol» standartining xavfsizlik standartlariga yetishishdagi eng qiyini – bu ta'minotchilarni tanlashdir. Ta'minotchi korxonalarning takliflarni tanlash bosqichida, «Halol» sifat standartining talablari va boshqa sanitar-gigiyenik normalarga amal qilinayotganligini tekshirish maqsadida, Les Ailes'ning mas'ul hodimlari korxonalarga shaxsan tashrif buyuradilar. Va shundan so‘ng, ta'minotchining mahsulotlaridan oshxonalarimizda foydalanilishiga xavotirsiz ishonch bilan ruxsat beradilar. Barcha taomlarimiz sertifikatlangan, bu degani har bir ta'minotchi sifat nazoratidan o‘tgan, ya'ni barcha masalliqlar ekologik toza bo‘lib, tarkibida bolalar va kattalarning iste'mol qilishi taqiqlangan komponentlar yo‘q. «Halol» sertifikatiga ega mahsulotni tanlar ekan, iste'molchi toza, tabiiy va foydali hamda qo‘shimcha sifat kafolatiga ega mahsulot oladi, chunki mahsulot, sertifikatlash Markazi tomonidan ishlab chiqarish texnologiyasi nazoratidan o‘tadi.
Xalqaro namunadagi sertifikat «Les Ailes» brendiga «Halal» Xalqaro standartlash va sertifikatlash Markazi tomonidan berilgan.
Sayt: www.lesailes.uz
Telegram-bot: @lesailesbestbot
Facebook: fb.com/lesailesuz
Instagram: instagram.com/lesailesuz
Reklama huquqi asosida