TDYuU rektori: «Mehnat kodeksimiz sobiq ittifoq iqtisodiyotiga moslashgan»
O‘zbekiston mehnat qonunchiligi juda eski. 1995 yilda qabul qilingan Mehnat kodeksi bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi, deb hisoblaydi Adliya vaziri o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov.
«Mehnat kodeksi nafaqat davlat tashkilotlari, balki xususiy sektordagi kadrlar talablariga ham javob bermaydi», - dedi Hakimov Press-klubning 14 fevral kungi sessiyasida.
Sessiyada davlat va nodavlat tashkilotlarida bilimli va zamonaviy kadrlar ko‘pligi, ammo mehnat qonunchiligida ularning huquqlari qanchalik himoya qilingani borasida savol berildi.
Savolga javob bergan Rahimjon Hakimovga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat kodeksi ramkalarga solingan va sobiq ittifoq iqtisodiyotiga moslashgan.
«Bizda mutlaqo yangi kodeks ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. Guruh tarkibida Adliya hamda Bandlik va mehnat vazirligi mutaxassislari ishlayapti.
Mehnat qonunchiligi shaffof va moslashuvchan bo‘lishi kerak. G‘arb mamlakatlarining mehnat kodeksiga qarasak, u yerda ikki tomonli kelishuvga, ya'ni rahbar va hodim o‘rtasidagi kelishuvga sharoit yaratib beradi.
Mehnat qonunchiligi ko‘proq mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi», - dedi u.
Adliya vaziri o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, shu yilning 1 yanvaridan eksperimental tarzda Adliya, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarida shaffof, ochiq va tanlov asosida ishga olish jarayoni boshlangan.
Mavzuga oid
15:35 / 02.05.2023
Ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetadi
21:12 / 30.03.2023
Davlat idoralarida qisqartirish bilan bog‘liq ishdan bo‘shatishlar vaqtincha to‘xtatildi
17:05 / 10.02.2023
O‘zbekistonga chet eldan ishchi olib kelib ishlatish osonlashadi
17:33 / 24.12.2022