Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobodda yerusti metrosi qurilishi sabab oshxonasi buzilgan tadbirkor va hokimlik kelishib olishdi
Kun.uz 13 fevral kuni «Toshkentda metro qurilishi sabab binosi buzilgan tadbirkorga nega kompensatsiya to‘lanmadi?» sarlavhali maqola e'lon qilgan edi.
Unda Yashnobod tumanida yerusti metro qurilishi sabab «Baxromxon» MChJga tegishli oshxona buzilgani, tadbirkor va hokimlik o‘rtasida kompensatsiya masalasi hal etilmagani ko‘rsatilgan edi.
Shundan so‘ng Toshkent shahar hokimiyatida hokimlik, tadbirkor va Kun.uz vakili ishtirokida masalaga oydinlik kiritildi.
Unga ko‘ra, tadbirkorga amalda ijara shartlarida foydalanib kelgan 18 sotix yerdagi oshxonasi o‘rniga kompensatsiya tariqasida xuddi shuncha sotixli joyni ijaraga olib, belgilangan miqdordagi kompensatsiya pulini olish yoki bo‘lmasa doimiy foydalanish uchun 12 sotix yer maydoni ajratib berilishi taklif qilingan.
Tadbirkor oshxonasi buzilgani sababli kompensatsiya evaziga 12 sotixli yerni doimiy foydalanish huquqi bilan olishga rozilik bildirgan. Shu tariqa Yashnobod tuman hokimligi va tadbirkor o‘rtasida kelishuvga erishildi.
Endilikda tadbirkor o‘ziga ajratilgan yerda o‘z tadbirkorligini davom ettirishi va qurilish ishlarini boshlashi mumkin.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
11:19 / 20.05.2026
Metroda yurganda masofadan kelib chiqib to‘lov qilish tizimiga o‘tiladi
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
23:31 / 18.03.2026