Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi
Bugunga qadar Xitoydan tashqari Hongkong, Yaponiya va Filippinda uchta o‘lim holati qayd etilgandi. Hammasi bo‘lib 1526 kishi kasallik qurboniga aylandi.
Fransiyada koronavirusga chalingan xitoylik sayyoh vafot etdi. Bu Osiyodan tashqarida qayd etilgan yangi kasallikdan ilk o‘lim holatidir, deb xabar bermoqda BFM TV Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Anez Buzenga asoslanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xubey viloyatidan bo‘lgan 80 yoshli erkak Fransiyaga 16 yanvarda kelgan. U 25 yanvarda koronavirus simptomlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Buzenning qo‘shimcha qilishicha, xitoylik sayyoh bilan birga uning qizi ham koronavirus yuqtirganligi aniqlanib kasalxonaga yotqizilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayolning salomatligi yaxshi va tez kunlarda unga javob beriladi.
Bugunga qadar Xitoydan tashqari Hongkong, Yaponiya va Filippinda uchta o‘lim holati qayd etilgandi. Hammasi bo‘lib 1526 kishi kasallik qurboniga aylandi.
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026