Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda banknotalar koronavirus sababli dezinfeksiya qilina boshlandi
Xitoy xalq banki koronavirus epidemiyasi ortida naqd puldan foydalanuvchilar xavfsizligini oshirish maqsadida bir qator choralar ko‘rdi. Jumladan, muomalaga yangi banknotalarda 600 mlrd yuan chiqarilgan va qo‘llanishda bo‘lgan pullar dezinfeksiya qilinib, 7 kundan 14 kungacha karantinga qo‘yilmoqda.
Bu haqda bank rahbari o‘rinbosari Fan Ifey ma'lum qildi.
“Kasallik avj olgandan keyin biz aholining naqd puldan foydalanishi vaqtida xavfsizligi va salomatligiga alohida e'tibor qarata boshladik va bir qator choralar ko‘rdik. 17 yanvargacha Xitoy Xalq banki butun mamlakat bo‘ylab yangi banknotalarda 600 mlrd yuan (85,8 mlrd dollar) taqsimlanishini tashkillashtirdi”, deb aytgan mutaxassis.
Uning aytishicha, Xitoy yangi yili (24 yanvar) oldidan virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga tezkorlik bilan yangi banknotalarda 4 mlrd yuan jo‘natilgan.
Fan Ifeyning ta'kidlashicha, bu choralar naqd pul qo‘llanuvchi banklar va boshqa muassasalar xodimlarida himoyalanganlik hissini oshirgan. Bundan tashqari, provinsiyalar o‘rtasida hamda eng og‘ir epidemiologik vaziyat kuzatilayotgan provinsiyalar ichida naqd pullar aylanmasi to‘xtatilgan.
Shuningdek, vaziyat og‘ir bo‘lgan provinsiyalarda banknotalar ultrabinafsha va yuqori haroratli dezinfeksiyadan o‘tkazilib, bankda 14 kun saqlanishi lozim. Shundan keyin ularni yana muomalaga chiqarish mumkin bo‘ladi. Vaziyat uncha og‘ir bo‘lmagan hududlarda naqd pullar uchun “karantin” 7 kun bilan chegaralanadi.
Shu bilan birga, banklarga shifoxona va fermer bozorlaridan kelib tushuvchi pullar maxsus qayta ishlovdan o‘tkazilib, alohidalangan holda saqlanishi lozim. Bu pullar dezinfeksiya qilingach Xalq bankida qoladi va berilmaydi.
Avvalroq amerikalik olimlar keng tarqalgan banknotalar sirtida 12 kungacha va undan ko‘proq yashay oladigan 400 ga yaqin bakteriya borligini aniqlashgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026