Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda «Yil odami» sifatida e'tirof etildi
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi majlislar zalida Prezident Shavkat Mirziyoyevga «Ala-Too Ayimdari» («Ola-Tau xonimlari») ekologik harakati tomonidan «2019 yil odami» unvonining berilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Respublika rahbariyati topshirig‘iga binoan, maxsus mukofot va diplomni qabul qilish uchun tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Bishkekka keldi. Tadbirda «Ala-Too Ayimdari» harakati rayosati a'zolari, SSSR xalq artisti Kayirgul Sartbayeva va xalq yozuvchisi Gulsayra Mominova, Qirg‘iziston hukumati, parlamenti va mintaqaviy ma'muriyatlarida yuqori lavozimlarda ishlagan qirg‘iz va o‘zbek hamjamiyatlarining nufuzli vakillari, O‘zbekistondagi sobiq qirg‘iz diplomatlari, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, yetakchi OAVlar vakillari, siyosatshunos ekspertlar ishtirok etdi.
Marosimda «Ala-Too Ayimdari» harakati rahbari Jipargul Bargibayeva so‘z olib, o‘zbek—qirg‘iz munosabatlarining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida do‘stlik, tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik, konstruktiv va qardoshlik munosabatlarini yaratish siyosati O‘zbekiston rahbari nomzodi tanlanishining asosiy sababi ekanligini ta'kidladi.
Jipargul Bargibayeva O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va etnik ozchiliklarning huquqlarini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi.
«Etnik qirg‘izlar zich yashaydigan Jizzax viloyatidagi Manas qishlog‘ining juda qisqa muddatda yangilanishini Qirg‘izistonda katta minnatdorchilik bilan qarshi olindi», dedi harakat rahbari.
Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov O‘zbekiston Prezidenti nomidan «Ala-Too Ayimdari» harakatiga va u orqali shaxsan qardosh Qirg‘iziston xalqiga O‘zbekiston rahbarining o‘zaro manfaatli o‘zbek—qirg‘iz hamkorligini mustahkamlashdagi xizmatlari e'tirof etilgani uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026