O‘quvchilarni maktabdan maktabga o‘tkazish tartibi takomillashtirildi
Buyruq nodavlat umumta'lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta'lim muassasasiga ko‘chirishga oid talablarni belgilab berdi
Xalq ta'limi vazirligining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta'lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruq Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 dekabrdagi 1028-son “Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Buyruq nodavlat umumta'lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta'lim muassasasiga ko‘chirishga oid talablarni belgilab berdi.
Hujjatga ko‘ra, nodavlat umumta'lim tashkilotidan o‘qishini davlat umumta'lim muassasasiga ko‘chirgan o‘quvchilarning ota-onalari o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga ta'lim oluvchilar safidan chiqarilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘qiganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma hamda ta'lim oluvchining baholar (o‘zlashtirish) tabelini taqdim etilishi nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
07:30 / 23.11.2024
O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi
13:56 / 22.11.2024
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
12:10 / 24.10.2024
O‘quvchilar ota-onalari qaysi mahsulot iste’moliga ruxsat bermasligi aytildi
12:58 / 17.10.2024