2022 yilda Özbekiston maktablari 15 yoşli xalqaro öquvçilarning bilimini baholaş böyiça dastur – PISA imtihonlarida ilk marta iştirok etib, 81 ta mamlakat orasida matematika böyiça 72-örinni, tabiiy fanlar va öqiş savodxonligi yönalişlarida esa 80-örinni egallagandi. Unda 202 ta maktabdan 7 293 nafar öquvçi iştirok etgan.
Hozirgi dunyoda deyarli mukammal hisoblangan bu dastur doirasida nafaqat ta’limiy könikmalar, balki boşqa yönalişlarda ham öquvçilarga oid körsatkiçlar, jumladan, bolalarning qay darajada bulling yoki zöravonlikka uçraşi ham e’lon qilingan.
Maktab boşqaruv xodimlari orasida ötkazilgan sörovnomaga köra, sababsiz dars qoldiriş (26 foiz), spirtli içimliklar yoki taqiqlangan dori vositalarini iste’mol qoliş (26 foiz) hamda öqituvçilarning darsga yaxşi tayyorgarlik körmasligi (25 foiz) maktabda öquvçilarning ta’lim olişiga jiddiy salbiy ta’sir qiladi.
Şuningdek, maktab muhitiga aloqador boşqa omillar, masalan, öquvçilarning boşqa öquvçilarni qörqitişi yoki zöravonlik qilişi (20 foiz) hamda öqituvçilarning öquvçilarga nisbatan juda qattiqqöl bölişi (8 foiz) ham ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ötkazişi mumkinligi aniqlangan.
Maktabda özini xavfsiz his qiliş
Maktabdagi muammolardan yana urişqoqlik (31 foiz), bir öquvçining ikkinçi öquvçiga tan jarohati yetkazişi (21 foiz), haqoratli sözlar
işlatişi (21 foiz) va bezorilikka aloqador boşqa illatlar ham borligi aniqlangan.
Öquvçilar köproq özlarini maktab hududida xavfsiz his etmasligini aytib ötgan. Masalan:
Yölak, oşxona, hojatxonada – 20 foiz (IHTTda örtaçasi – 10,1 foiz, PISA örtaçasi – 12,5 foiz, Qozoğiston – 14,2 foiz);
Maktabdan uyga qaytiş yölida – 15 foiz (IHTTda örtaçasi – 8,5 foiz, PISA örtaçasi – 10,2 foiz, Qozoğiston – 13,5 foiz);
Maktabga boriş yölida – 14 foiz (IHTT örtaçasi – 8,2 foiz, PISA örtaçasi –10,1 foiz, Qozoğiston – 15,6 foiz);




















