Jahon | 22:04 / 18.02.2020
9532
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Zelenskiy ishtirokidagi film taqiqlandi

Ukrainaning kino masalalari bo‘yicha davlat agentligi bir nechta, jumladan Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi film namoyishini taqiqladi. 

Foto: from-ua.com

Ta'kidlanishicha, 5 ta film taqiqlov ostiga tushgan. Ularni kinoteatrlar, televideniye va tijorat maqsadlarida namoyish etish taqiqlangan.

Uchta film Ukraina madaniyat vazirligining “Milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar ro‘yxatini to‘ldirish haqida”gi buyrug‘i asosida taqiqlangan. Jumladan, AQShning “Machete” filmi Stiven Sigal, Fransiyaning “Timpelbaxlik shumtakalar” (Les Enfans de Timpelbach) filmi Jyerar Deparde sababli man qilingan. Ushbu filmlarda suratga tushgan ikkala aktyor ham Ukraina davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Rossiyalik kinoijodkorlarning “8 ta ilk  uchrashuv” (Vosem pervyx svidaniy) filmi aktrisa Yekaterina Varnava sababli taqiqlangan. Aktrisa Qrimga tashrif buyurgach, Kiyev uchun nomaqbul shaxsga aylangan. 2012 yilda ekranlarga chiqqan ushbu filmda Ukrainaning amaldagi prezidenti ham rol ijro etgan. Zelenskiy shuningdek filmning prodyuseri va ssenariynavisi hisoblanadi. O‘sha vaqtda Zelenskiy shoumen sifatida faoliyat yuritgan.

Ro‘yxatga shuningdek Rossiyaning yana ikkita filmi – “Men bunday o‘ylamayman” (Ya tak ne dumayu) va “Nayza” (Strela) kiritilgan.

Ukrainada agressor davlat tomonidan 2014 yil 1 yanvardan keyin ishlab chiqarilgan hamda Ukrainada non-grata personalari deb tan olingan aktyorlar ishtirokidagi filmlar namoyishi taqiqlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid