Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy fuqarolariga Rossiyaga kirish taqiqlandi
Rossiya Xitoy fuqarolariga o‘z chegarasini yopmoqda. 20 fevraldan Xitoydan keluvchi barchaga: sayyohlar, talabalar, tadbirkorlarga Rossiyaga kirish taqiqlanadi.
Xitoy fuqarolariga Rossiyaga kirishni taqiqlovchi qarorni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan. 20 fevraldan Rossiyaga sayyohlik, ta'lim olish va shaxsiy maqsadlarda keluvchi xitoyliklarga chegaralar yopiladi.
Ushbu qaror “davlat xavfsizligini ta'minlash, aholi salomatligini himoyalash va yangi koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik” maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, Rossiya Xitoy fuqarolarining kirishi uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni, jumladan viza uchun hujjatlar qabulini, kirishga takliflar, xorijiy ishchilarni jalb qilish ruxsatnomalarini berishni vaqtinchalik to‘xtatadi. Har qanday hujjatlar qabuli 19 fevraldan to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026