Xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi
Bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi.
O‘zbekiston prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonda alohida ta'kidlab o‘tilishicha, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi.
Hujjat bilan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi hamda vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Farmon bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasida Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokim o‘rinbosarlari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
tuman (shahar) hokimliklari tuzilmalarida hokim o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi.
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.
22 mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e'lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma'qullandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20
-
Hindistonlik o‘qituvchilarga maktabda xivich bilan yurishga ruxsat berildi
Jahon | 18:08
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
-
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi
Jahon | 17:15
Mavzuga oid

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi

14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi

15:16 / 03.01.2025