Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Umar Ismailov hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Botir Parpiyev ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda Jahongir Qo‘shnazarovich Sa'dullayev Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jahongir Sadullayev mehnat faoliyatida Ichki ishlar organlarida mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Bu lavozimga tayinlangunga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Yig‘ilishda Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari ham tayinlandi. Xususan, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Gulsara Axmedovna Kurbanbayeva hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga Sardorbek Qabulovich Rahimov va Matkarim Jumaniyazov tayinlandi.
Mavzuga oid
08:34
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
16:58 / 22.05.2026