Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va «Tolibon» fevral oxirida tinchlik kelishuvi imzolashi kutilmoqda
AQSh va “Tolibon” harakati 29 fevralda Qatar poytaxtida bir qator davlatlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida tinchlik kelishuvi imzolaydi.
Foto: Pixabay
Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
“Tolibon” va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kelishuv tayyorlandi va 29 fevral Dohada ikki tomondan imzolanadi. Bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari marosimda kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi”, deb ma'lum qilgan “Tolibon”ning Dohadagi rasmiy vakili Suhayl Shaxin tvitterda.
Ushbu axborotni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ham tasdiqlagan.
“O‘nlab yillar davom etgan ixtilofdan keyin biz toliblar bilan Afg‘onistonda zo‘ravonlikni qisqartirish haqidagi kelishuvga keldik. Bu tinchlik uchun uzoq davom etgan yo‘ldagi muhim qadamdir, men barcha afg‘onlarni bu imkoniyatdan foydalanib qolishga chaqiraman”, deb yozgan o‘z navbatida Pompeo tvitterda.
Ma'lum qilinishicha, AQSh avvalroq toliblar bilan Afg‘onistonda 7 kunga zo‘ravonlikni to‘xtatishni muhokama qilgan. Bu vaqt ichida “Tolibon” portlashlar va raketa hujumlari sodir etmaslikka va'da bergan. Ushbu jarayon 22 fevralga o‘tar kechasi boshlanishi kerak.
AQSh va “Tolibon” Dohada 2019 yil davomida muzokaralar olib borgan, biroq tinchlik kelishuvining imzolanishi Afg‘onistonda amerikalik harbiylarning halok bo‘lishiga olib kelgan terakt sababli barbod bo‘lgandi.
Mavzuga oid
16:46
AQSh aviatashuvchisida yong‘in: «Gerald R. Ford» Eronga qarshi urushda safdan chiqishi mumkin
12:06
Tramp NATOni Eron bilan urushda yordam berishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi
10:01
WSJ: Rossiya Ukrainadagi urush tajribasi asosida Eronga yordam bermoqda
09:51