Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Namangan viloyat hokimi qarori bilan Musoxon Oppoqov viloyat hokimi o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Namangan viloyati boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Namangan viloyati boshqarmasiga rahbarlar tayinlandi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berishicha, viloyat hokimligida O‘zbekiston Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Olim Soliyev va viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishida viloyat hokimi o‘rinbosari – Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Musoxon Po‘latovich Oppoqov tayinlandi.

U shu vaqtgacha Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Namangan viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, tayinlov doirasida boshqarma boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ining xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, keksalar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha o‘rinbosarlari ham tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025