Oliy Majlis IMEI-kodlari bo‘yicha jamoaviy murojaat yuzasidan ishchi guruh tuzdi
Bugun, 21 fevral kuni, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan press-brifing o‘tkazildi. Unda MeningFikrim.uz axborot portali orqali mobil qurilmalarni IMEI-kodlari bo‘yicha to‘lov olinishi yuzasidan jamoatchilik murojaati kelib tushgani, vaziyatni o‘rganish maqsadida Oliy Majlis tomonidan ishchi guruh tuzilgani xabar qilindi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari Doniyor G‘aniyev ishchi guruh rahbari sifatida jamoaviy murojaat o‘rganishda qilinadigan ishlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

«14 dekabrda MeningFikrim.uz axborot portaliga mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish bo‘yicha jamoaviy murojaat joylashtirilgan. Unda jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishda to‘lovlarni bekor qilish va tizimni soddalashtirish tartibini joriy etish bo‘yicha taklif bildirildi. Joriy yil 17 fevral kuni murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi, fuqarolar 400dan ortiq fikr qoldirishgan.
Murojaat yetarli ovoz to‘plagandan so‘ng tegishli vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan. Shu sababli, murojaat Oliy Majlis palatasi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan o‘rganilib, 19 fevralda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga o‘rganish uchun kiritildi.
Qo‘mita tomonidan vaziyatni o‘rganish maqsadida 8 kishidan iborat ishchi guruh tuzildi. Uning tarkibida 4 nafar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, 4 nafar soha mutaxassislari bor. Kecha ishchi guruh tarkibi shakllantirildi. Bugun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasiga so‘rovnoma yuborildi. Bunda ushbu tashkilotlardan IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha statistik ma'lumotlar, undan tushadigan mablag‘lar hajmi, mobil qurilma texnikalari importi dinamikasi tahlili o‘tkaziladi.
24-28 fevral kunlari masala joyiga chiqib o‘rganiladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tish markaziga boriladi. Foydalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkaziladi. Shundan so‘ng qo‘mita tomonidan olingan axborotlar to‘planib umumiy xulosa tayyorlanadi. 5 mart kuni esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar tomonidan bu masala muhokama qilinadi», deya G‘aniyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

10:39 / 06.08.2024
Doniyor G‘aniyev deputatlik faoliyatini yakunladi

15:53 / 06.06.2024
“Haqiqiy biznesmen raqobat tarafdori bo‘ladi” - Doniyor G‘aniyev JSTga a’zolik haqida

14:16 / 03.06.2024
“Xonadonlarning uchdan bir qismida tabiiy gaz yo‘q” - Jamshid Qo‘chqorov

08:58 / 29.01.2024