Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha Toshkentda quriladigan obektlar loyihalari bilan tanishdi
Bugun, 21 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev joriy yil Toshkent shahrida amalga oshiriladigan qurilish va ijtimoiy loyihalar bilan tanishdi.
19-20 fevral kunlari Turkiyada bo‘lib qaytgan prezident Shavkat Mirziyoyev safarining ertasigayoq o‘z ish kunini har doimgidek qizg‘in faoliyat bilan boshladi, deb yozadi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilda Toshkentda keng ko‘lamli bunyodkorlik loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Xususan, Bektemir tumanining «Majnuntol», «Bektemir», «Oltin topgan», «Binokor» mahallalari, Husayn Boyqaro, Ziroat ko‘chalari bo‘ylab umumiy uzunligi qariyb 18 ming pogon metr yangi ichimlik suvi quvurlari o‘rnatilishi mo‘ljallangan.
Buning natijasida 6,8 mingdan ortiq aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlanadi, poytaxt bo‘ylab markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi 100 foizga yetkaziladi.
Toshkent shahridagi «Bo‘zsu» va «Salar» suv tozalash inshootlarini quvvatini sutkasiga 200 ming metr kubga oshirish rejalashtirilgan.

Toshkent shahrida bugungi kunda 1564 ko‘p qavatli uylarda aholiga 5001 ta lift xizmat ko‘rsatmoqda. Mavjud liftlarning 3343 tasi muddatini o‘tab bo‘lgan. Oxirgi 4 yilda 572 ta lift yangilandi.
Prezidentning Uchtepa tumaniga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga muvofiq, 697 ta liftni yangilash ko‘zda tutilgan.
Yiliga 700 tadan lift yangilansa, yaqin 5 yilda poytaxtdagi muddatini o‘tab bo‘lgan liftlarning barchasini almashtirishga erishiladi.

Joriy yilda Bektemir, Olmazor, Shayxontohur, Yashnobod tumanlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalari qurish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Bektemir va Yashnobod tumanlarida maktab, Sergeli tumanida ko‘p tarmoqli shifoxona, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida oilaviy poliklinika, Sergeli va Olmazor tumanlarida yangi madaniyat markazlari qurilishi belgilangan.
Umumiy hisobda 1,047 ming kvadrat metr yo‘l ta'mirlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga ana shu loyihalar haqida batafsil ma'lumot berildi.






Mavzuga oid
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
08:58 / 17.06.2026
Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
08:35 / 15.06.2026