Jahon | 22:53 / 22.02.2020
11510
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya Sandersni qo‘llab-quvvatlayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni izohladi

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning AQShdagi praymerizlarga aralashayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni «vasvasa» deb atagandi. 

AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Berni Sandersga yordam berayotgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarlarni kinoya bilan izohladi. 

Washington Post gazetasi o‘z manbalariga tayanib Rossiya AQSh prezidentligi uchun 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Berni Sandersga yordam berishga urinayotganini xabar qilgandi. Bunga javoban Sanders bunday yordamga muhtoj emasligini bildirgan va Rossiyani Amerika saylovlaridan "uzoqroq turishga" chaqirgandi.

"Rossiya, Rossiya, Rossiya bilan ehtiyot bo‘ling. Korrupsiyalashgan siyosatchi Adam "abjir" (inglizcha Shifty, familiyaga hamohang - tahr.) Shiffga ko‘ra, ruslar telba Berni Sandersni g‘alabaga olib borayotgan ekan. Ovoz bering!" -deb yozdi Tramp o‘zining Twitter sahifasida.

Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning AQShdagi praymerizlarga aralashayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni "vasvasa" deb atagandi. 

Mavzuga oid