Britaniyaliklarga «Brekzit»dan keyin yangi rangdagi pasportlar beriladi
Mart oyidan Britaniyada «Brekzit» munosabati bilan hozirgi to‘q qizil rangdagi pasportlar o‘rniga avvalgi namunadagi ko‘k rangli yangi pasportlar chiqariladi.

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson /Foto : Flickr
Britaniya hukumatining baholashicha, ko‘k rangli va zarhal yozuvli yangi pasportlar mart oyidan berila boshlanadi, joriy yil o‘rtalaridan faqat shu rangdagi pasportlarni olish mumkin bo‘ladi.
“Yevropa Ittifoqidan chiqish bizga milliy o‘ziga xosligimizni tiklash uchun ajoyib imkoniyat berdi”, deb aytgan Britaniya ichki ishlar vaziri Pritti Patel.
Britaniyada hozirda amalda bo‘lgan to‘q qizil pasportlar 1988 yilda Yevropa Ittifoqi tavsiyasiga ko‘ra berila boshlangan. Ko‘k rang britaniyaliklar pasportlarida 1921 yilda birinchi marta qo‘llangan.

Yangi pasportda Britaniya fuqarosi haqidagi ma'lumotni saqlaydigan sahifa ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun zarur texnologiyalar bo‘yicha ishlangan polikarbonatdan tayyorlanadi. Ushbu material o‘qni o‘tkazmaydigan oynani tayyorlashda ham qo‘llanadi. Pasport muqovasining orqa tomonida Birlashgan qirollik tarkibiga kiruvchi Angliya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Uels ramzlari tushiriladi.
Ichki ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, yangi pasport uni qalbakilashtirish yanada qiyinroq bo‘lishi maqsadida “bosma va dizaynning eng yangi va eng xavfsiz usullari” bilan tayyorlanadi. Standart pasportlar avvalgidek 34 sahifadan, xorijga chiqish pasportlari esa 54 sahifadan iborat bo‘ladi.
2019 yil martida Britaniyada “Yevropa Ittifoqi” yozuvi bo‘lmagan yangi pasportlar berila boshlangan. Ushbu to‘q qizil rangdagi pasportlar Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etishi kerak bo‘lgan kunning ertasiga – 30 martdan joriy qilingan. Biroq o‘shanda “Brekzit” yuz bermagan.
Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibini rasman 2020 yil 31 yanvarda tark etdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26
-
Yozuvchi Salom Rushdiyga hujum qilgan shaxs 25 yilga qamaldi
Jahon | 21:35
-
AQSh Kosmik kuchlari «Oltin gumbaz»ni yaratish 1,5 trln dollardan ortiqqa tushishini baholadi
Jahon | 21:29
Mavzuga oid

13:15 / 13.05.2025
Londonda olti bolgar Rossiya foydasiga josuslik qilganlik uchun qamaldi

01:39 / 12.05.2025
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

13:29 / 10.05.2025
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi

08:10 / 10.05.2025