Biz voqelikka baho berişda köpinça oq va qora yakranglikdan iborat mezonlardan foydalanamiz. Azal işongan ideallarimiz ham şunday: yovuzlik va ezgulik kuraşadi, bir tomon şubhasiz yomon, ikkinçi tomon albatta yaxşi böladi. Va oqibatda ezgulik ğalaba qozonadi (yoki ğalaba qozongan tomon ezgu bölib çiqadi).
Afsuki, hayotda hammasi bunday oddiy va ayon ajralib turmaydi. U yoki bu hodisaning sabablarini örgana boşlar ekansan, vaziyat çalkaşligi, murakkabligi va turli jarayonlarga boğliqligini körasan.
Şunday holatda sabablarni topiş, oqlaş yoki qoralaş emas, tahlil qiliş lozimligini anglaysan.
Bugungi kunda noqonuniy qurilgan uy-joylar masalasiga töxtalganda ham, şunday: tortişuv, köz yoşi, hatto qon tasvirlariga qarab ehtiros bilan turli baholarni beravermay, şunga olib kelgan sabablar haqida muşohada qiliş va bundan keyin nima böladi, degan savol ustida öylaş muhim.
Noqonuniy uy-joylar masalasida bu qadar tuşunmovçilik va ziddiyatlar kelib çiqişining sabablari nima?
Bu voqealarni ötgan yilgi «snos» bilan umumlaştirib taqdim qiliş naqadar töğri?
Bundan keyin davlatning noqonuniy qurilgan uy-joylarga nisbatan siyosati qanday böladi?
Avvalo, sabablar xususida
1. Demografiya va uy-joy qurilişi. Fuqarolarni arzon uy-joylar bilan ta'minlaş yuzasidan uzoq yillar yetarliça harakat qilinmadi. Ayniqsa, qişloq joylarda aholi uçun hamyonbop turar joy binolari quriş masalasi e'tiborga olinmadi.
Xususan, 2009-2017 yillar davomida 81 992 ta uy qurildi, 6 624 ta uy-joy massivi barpo etildi. Mamlakat aholisi soni esa bu davrda 27 milliondan 32 milliongaça oşdi. Tabiiyki, uy-joy qurilişi şiddati aholi ösiş şiddatidan ança ortda qoldi.
Qolaversa, namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylarni sotib olişga qişloq aholisining qurbi yetmaydigan holat ham köp edi. Loyihani «realizatsiya qiliş» uçun bu uylar uy-joyi bor, öziga töq aholiga, fermerlarga, tadbirkorlarga majburlab sotildi. Şunga qaramay, loyiha qişloq aholisining uy-joyga bölgan ehtiyojini qoplay olmadi.
Odamlarga şaroitiga mos va hamyonbop uylar qurilmagani va şiddatli demografik ösiş bugun uy-joy tanqisligi muammosini keltirib çiqardi.
2. Mentalitet. Sönggi yillarda aholi uçun köp qavatli va arzon uy-joylar quriş işlari ança jadallaşib qoldi. Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylarni quriş Dasturiga muvofiq yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi, turar joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta'minlandi.
Biroq odamlarimiz yerga yaqin bölişni istaydi. Köpçilik öz qarindoş-uruği, ota-onasiga yaqin joydan, özi yaşayotgan mahalladan hovli-imorat qurişni xohlaydi. Lekin şuni unutmaslik kerakki, Özbekiston Markaziy Osiyoning aholi eng ziç yaşaydigan ölkasi hisoblanadi va aholi soni böyiça MDH davlatlari örtasida «bepoyon» Rossiyadan söng 2-örinda turadi.
Ma'lumot örnida, Özbekiston yer resurslari nihoyatda çeklangan, aholisi esa şiddat bilan oşib borayotgan mamlakat hisoblanadi. Aholi soni ösişi şiddati suğoriladigan yer maydonlari oşişidan ança yuqori. Har bir gektar suğoriladigan yerga 8 kişi töğri keladi. Umumiy qişloq xöjaligiga yaroqli yer maydoni 17,8 mln gektar bölib, Osiyo taraqqiyot bankining prognozlariga köra yaqin 30 yilda suğoriladigan yerlar miqdori yana 20-25 foizga kamayadi.
3. Yer uçastkalari ajratişdagi qonunbuzarliklar. Adliya vazirligi tomonidan ötkazilgan örganişlar natijasida, 2018 yil davomida hokimliklar tomonidan 335 gektar yer maydonlari noqonuniy ajratib berilgani va natijada mahalliy budjetlarga 20 mlrd 400 mln sömdan köproq zarar yetkazilgani aniqlangan.
Xususan, namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar qurilişi uçun birgina 2018 yilda tuman hokimliklari tomonidan ajratilgan 1065 gektar yerning 60 gektarga yaqini qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar toifasiga kiradi. Bugun şu xatolar uçun qimmat badal tölanyapti.
4. Sust urbanizatsiya. Aholi yaşaydigan uylar yaqinida boğça-maktab, poliklinika kabi zarur muassasalar qad kötarişi, gaz-suv, kommunikatsiya masalalari hal etilişi lozim. Odamlar yangi qurilgan, ammo infrastukturasi yaxşi rivojlanmagan kvartallarda yaşaşni istamaydi.
Lekin tanganing orqa tomoni ham bor: rejasiz, tartibsiz, stixiyali ravişda kengayib borayotgan mahallalar va qişloqlarda infrastuktura yaratiş ham imkonsiz. Kompakt yaşaydigan kvartallar uçun infrastuktura yaratiş arzonroq va qulayroq.
5. Korrupsiya va huquqiy madaniyat. Odamlarda qonuniy yaşaş noqonuniy yaşaşdan foydaliroq, degan xulosa bölişi kerak.
Masalan, men qonuniy yöllar bilan tegişli tölovlarni amalga oşirib yer maydoniga ega bölsam-da, qöşnim şu işni noqonuniy yöl bilan osongina kimgadir pulini berib hal qilsa – qonunga asosan yaşaş kerakligiga kim işonadi, men ham qöşnim kabi yöl tutganim afzalga aylanmaydimi? Xuddi şunday, barça uddaburonlar öz işlarini bitirib ketaversa, unda uzoq emas, yaqin kelajakda qanday parokandalikka yuz tutamiz?
Demak, bunday holat yuz bermasligi uçun biz jamiyat sifatida tiş-tirnoğimiz bilan kuraşişimiz kerak. Buning uçun esa uzoq yillardan beri ildiz otib ketgan korrupsiyani jilovlaş, mansabdorlarning qonunlarga itoatda xalqqa namuna bölişiga erişiş, uy-joy, yer va boşqa turli imtiyozlar berilişining şaffof mexanizmlarini takomillaştiriş hamda qonunbuzarlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlaş lozim.
Şunda odamlar bilan oğzaki kelişib davlat yerini berib yuboradigan fermer, bunga yöl qöyadigan hokimliklar, bundan köz yumadigan kadastr, «uçastkovoy», mahallakom kabi mas'ullar va nihoyat katta riskli avantyuraga boş qöşib, peşona teri bilan topgan pulini noqonuniy yer va imoratga tikadigan fuqarolar kamayadi.
Har bir holat öziga xos
Sabablar bundan köproq bölişi mumkin. Lekin noqonuniy qurilgan uy-joylar haqida fikr bildirişda, har bir holat alohida örganişni talab etişini unutmaslik lozim. Agar uy-joy quriş uçun yer hokim qarori bilan ajratilgan, ammo keyin, masalan keyingi hokim kelgaç, qaror bekor qilingan bölsa, «fuqaro yoki yuridik şaxsning davlat organi qaroriga bölgan işonçi qonun bilan qöriqlanişi» prinsipi amal qilişi lozim.
Agar yer heç bir hujjatsiz, noqonuniy egallangan bölsa, tegişli tartibda davlat tasarrufiga qaytarilişi şart va albatta javobgarlik masalasi hal etilişi kerak.
Şuningdek, har holatning öziga yaraşa sababi bölişini nazarda tutgan holda umumlaşmalar va tizimlaştirişlarga ehtiyot böliş kerak. Ayniqsa, buni «snos» masalasi bilan çalkaştirmaslik va aholining ehtiroslari bilan öynaşmaslik lozim.
«Bir martalik aksiya» yana böladimi?
Xabaringiz bor, mamlakatimizda özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga davlat tomonidan bir martalik amnistiya e'lon qilingan edi. Uşbu aksiya natijasida yarim milliondan ortiq insonga uy-joylari qonuniy rasmiylaştirib berildi. Bu yarim million oila qonuniy boşpanalik böldi, ertaga öz uyini avlodlariga meros qilib qoldirişi yoki oldi-sotdi va garovga qöyiş amaliyotlarini qilişi mumkin degani. Ya'ni uy-joy borasida, qançalik murakkab bölmasin, davlat tomonidan fuqarolar tomon ulkan qadam taşlanganini heç kim inkor qila olmaydi.
Ammo ayrimlarda bu davom etadi, uy-joyni qurib, biror yil uşlab tursak, davlat yana «keçirib» yuborişi mumkin degan notöğri fikr şakllangan bölişi mumkin.
Aksiya öz nomi bilan bir martalik, endi bunday aksiya bölmaydi. Bundan taşqari, aksiyani e'lon qiliş töğrisidagi prezident farmonida «bir martalik aksiyaning amal qiliş muddati tugagandan keyin özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş mumkinligi töğrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini bekor qiliş» va «özboşimçalik bilan qurilgan imoratlar uçun javobgarlikni kuçaytiriş» vazifalari qöyilgan edi.
Şu asosda qonunçilikka tegişli özgartirişlar kiritildi, ya'ni özboşimçalik bilan qurilgan uylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş mumkin bölgan moddalar çiqarib taşlandi.
Demak, özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari masalasida davlatning qat'iy pozitsiyasi ma'lum qilindi.
Endi nima böladi?
Ötkazilgan xatlov natijasiga köra, 2018-2019 yillarda 23 mingdan ortiq holatlarda fuqarolar 3900 gektar yerni özboşimçalik bilan egallab olişgan, 6000 gektar ekin yerlarida noqonuniy imoratlar qurib olingan.
Bu 23 mingta qonun buzilişi degani. Endi 23 mingta oila boşpanasiz qoladimi?
Afsuski, biz hamma yerlarimizga uy-joy qurib, oziq-ovqatni taşqaridan sotib oladigan darajada boy davlat emasmiz hali. Qolaversa, bu holat davom etiş ham mumkin emas – qonuniylikni ta'minlaş kerak. Şuning uçun, fikrimça, davlat mazkur masalada qat'iyat körsatişda davom etadi.
Lekin...
Uy – bu har insonning vatani, tayanç nuqtasi. U şunçaki moddiy hosila emas, insonga bugunidan xotirjamlik, kelajagi uçun işonç beradigan, turli xavotirlarini aritadigan joy.
Şu sababli uyini buzişga kelgan buldozer tagiga yotib oladigan odamlar ham çiqyapti va ularni ham qaysidir ma'noda tuşuniş mumkin.
Demak, endigi masala, bu jarayonning imkon qadar talafotsiz, ammo qonuniy hal etişdan iborat.
Buni ijroçilar yaxşi anglaşlari kerak. Noqonuniy qurilgan uylarni buzib, yerlarni davlat tasarrufiga qaytarişni sud qarori bilan, qonunda belgilangan tartibga rioya etgan holda (ikki kunda buziladi deb emas) amalga oşiriş lozim.
Sabablar qanday bölişidan qat'i nazar, xalqqa ham, davlatga ham oson bölmaydi. Ammo noqonuniylikka köz yumiş, davlat yerini talon-taroj qilişga qöyib beriş mumkin emas. Aybdorlar aniqlab jazolanişi, sabablar bartaraf etilişi, lozim örinlarda, agar qonunçilikda şu közda tutilgan bölsa, kompensatsiyalar tölanişi kerak. Biroq har bir qariç noqonuniy egallangan yer davlatga qaytarilişi şart.
Biz millat sifatida, davlat sifatida qonuniy yaşaşni örganişimiz kerak. Ayrimlar qonun neçançidir masala, insof, diyonat birinçi örinda deyişadi. Lekin insof, diyonatning na mezon-ölçovi, na hammada birdek mavjudligiga kafolat bor. 100 kişi insof darajasi 100 xil. Şuning uçun qonun mezon bölişi, hamma uçun teng işlaydigan qonunlar birinçi örinda turmoği, qonun bilan yaşaş noqonuniy yaşaşdan afzal bölişi lozim.
Şahnoza Soatova,
Adliya vazirligi mas'ul xodimi.












