Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston koronavirus sababli Eron bilan aviaaloqani to‘xtatdi
Tojikiston hukumati huzuridagi Fuqarolik aviatsiyasi agentligi Eron bilan aviaaloqani koronavirus tarqalishi sababli vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi.
Foto: khovar.tj
Bu haqda agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Aziz Nabizoda ma'lum qildi.
“Varesh Airlines (Eron) va “Tadjik Eyr” aviakompaniyalariga Eronda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashmaguncha 25 fevraldan parvozlarni to‘xtatish buyurilgan”, deb aytgan Nabizoda.
Bungacha Tojikistondan Eronga haftasiga ikkita reys amalga oshirilgan.
Avvalroq yuqoridagi sababga ko‘ra Armaniston, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston Eron bilan chegaralarni vaqtinchalik yopishga, Turkiya, Iroq va Kuvayt aviaaloqani to‘xtatishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda Eronda koronavirus bilan 61 ta kasallanish holati qayd etilgan. Ulardan 12 tasi o‘lim bilan tugagan. Eron hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirganlar borligi haqida ilk bor 19 fevralda ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 01.05.2026
Eron AQSh bilan tinchlik muzokaralari doirasida yangi taklif yubordi
17:41 / 01.05.2026
Erondagi urush fonida gigiyena vositalarining narxi ham qimmatlashyapti
23:01 / 30.04.2026
Mujtaba Xominaiy: amerikaliklarning joyi Fors ko‘rfazining tubida
20:37 / 30.04.2026