Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda aholining yovvoyi hayvonlar go‘shtini yeyish odatiga chek qo‘yishmoqchi
Xitoyning xalq vakillari yig‘ini doimiy qo‘mitasi yangi turdagi koronavirus epidemiyasi ortida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosini taqiqlash va aholini bunday hayvonlarning go‘shtini yeyish odatiga chek qo‘yish zarurligi haqidagi qaror qabul qildi.
Foto: AP
Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 24 fevralda qo‘mita ovoz berish yo‘li bilan “yovvoyi hayvonlarni noqonuniy sotishni to‘liq taqiqlash, yovvoyi hayvonlar go‘shtini yeyish kabi illatni yo‘q qilish hamda aholi hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligining samarali himoyasini ta'minlashga” qaror qilgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror e'lon qilingandan keyin kuchga kiradi.
Avvalroq Xitoyning kasalliklar profilaktikasi va nazorati milliy markazi olimlari yangi turdagi koronavirusning ehtimoliy manbasi Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida sotilgan yovvoyi hayvonlar bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilishgandi.
O‘z navbatida Xitoy Fanlar akademiyasi olimlarining ta'kidlashicha, koronavirusning odamdan odamga yuqishi 2019 yil noyabri yoki dekabri boshida boshlangan, so‘ngra Uxandagi bozorga tushgan.
Ayni vaqtda Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 77 mingdan oshib ketdi, undan 2592 kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026