Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon 2025 yilgacha yadro quroli uchun 167 mlrd dollar sarflamoqchi
Davlat departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh 2018 yil 5 fevral holatiga ko‘ra 652 ta yadro quroli tashuvchisi va 1350 dona yadroviy kallaklarga ega bo‘lgan.
Pentagon yadro quroli modernizatsiya qilish va ishonchliligini ta'minlash bo‘yicha besh yillik rejani amalga oshirish doirasida AQSh kongressidan 167 mlrd dollar so‘ramoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Amerika mudofaa vazirligi yadroviy xarajatlarni har yili oshirib bormoqchi.
Mudofaa vazirligi e'lon qilgan hujjatlarga ko‘ra, 2021 moliyaviy yilda (1 oktyabrdan boshlanadi) tegishli harbiy dastur uchun 28,9 mlrd dollar sarflash rejalashtirilgan. 2022 yilda Pentagon yadro qurollarini modernizatsiya qilish uchun 30 mlrd, 2023 yilda 33 mlrd dollar so‘ramoqchi. 2024 yilda yadro qurollari uchun xarajatlar 37 mlrd dollarga, 2025 yilga kelib esa 38 mlrd dollargacha yetishi ko‘zda tutilgan.
Davlat departamenti ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh 2018 yil 5 fevral holatiga ko‘ra 652 ta yadro quroli tashuvchisi va 1350 dona yadroviy kallaklarga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026