Ayni damda davom etayotgan Senatning ikkinçi yalpi majlisida senatorlar bola huquqlarining qöşimça kafolatlari belgilanişi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş kiritiş masalasini körib çiqişdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

 “Bola huquqlari kafolatlari töğrisida”gi qonun, “Oila kodeksi”, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonun hamda “Jinoyat protsessual kodeksi”ga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi belgilanmoqda.

Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayevning ma'lumot berişiça,  aliment undiriş masalasida yangi tartib örnatiladi. Ya'ni 14 yoşga tölgan bola ota-onasi bilan yaşamagan taqdirda, öz ta'minoti uçun ota yoki onadan, yoki ularning har ikkisidan aliment undiriş haqida da'vo qözğata olişi mumkin böladi.

Şuningdek, bolaning hayoti bilan boğliq har qanday masalada uning fikri birlamçi omil sifatida inobatga olişini ham qonuniy asos bilan qat'iylaştirilmoqda.

“Vakolatli organlar va ularning mansabdor şaxslari hozirga qadar bolaning manfaatlari bilan boğliq masalani hal etişda uning fikriga jiddiy qaramagan . “Yoş bola nimani ham bilardi”, qabilida iş tutilgan. Endilikda qaror qabul qiluvçi organlar va mansabdor şaxslar bolaga taalluqli har qanday masalani hal qilişda, yoşidan qat'iy nazar, bolaning fikrini eng muhim omil sifatida inobatga olişi körsatib ötilmoqda”, deydi Baxtiyor Sayfullayev.

Ma'lum qilinişiça, “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida”gi qonunga kiritilayotgan özgartirişga asosan, voyaga yetmagan şaxslar öz erkinliklari, huquqlariga ega bölişi böyiça davlat organlariga mustaqil ravişda murojaat qilişga haqli. Davlat organlari va ularning mansabdor şaxslari tomonidan bu murojaat körib çiqilişi bolaning qonuniy vakillari − vasiylik va homiylik organlari iştirokida amalga oşirilişi mumkin. Voyaga yetmagan şaxslar töliq muomalaga layoqatli bölmagani uçun ularning murojaatlari körib çiqilmasligiga yöl qöyilmaydi.

Senatorlar qonun hujjatlariga kiritilayotgan mazkur özgartiriş va qöşimçalarni bir ovozda ma'qulladi.