Senat yalpi majlisida ayrim qonun hujjatlariga ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni iste’mol qiliş moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartirişlar va qöşimça kiritişni nazarda tutuvçi qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, sönggi yillarda tamaki mahsulotlarining yangi turlarini, xususan, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlarini, şu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravişda mamlakatimizga olib kiriş hamda muomalaga kiritiş hollari köpaymoqda.

Şu munosabat bilan, tamaki mahsulotlarining, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlarining, şu jumladan elektron sigaretalarning va ular uçun suyuqliklarning muomalasini mamlakatimiz hududida taqiqlaş, ularni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş, şuningdek, tamakini qizdiriş tizimlarini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş uçun javobgarlik belgilaş zarurati yuzaga kelmoqda.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berişning elektron tizimlarini, şu jumladan elektron sigaretalarni va ular uçun suyuqliklarni işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş, şuningdek olib kiriş va olib çiqiş uçun javobgarlik belgilanişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.

Qonun nafaqat aybdor şaxslarni jazolaşga qaratilganligi bilan, balki sodir etgan noqonuniy harakatlari töğrisida öz ixtiyori bilan hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topşirgan şaxslarni javobgarlikdan ozod qilişni nazarda tutişi bilan ham ahamiyatli ekanligi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.