Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron parlamenti koronavirus epidemiyasi sababli o‘z ishini to‘xtatdi
Eron parlamenti koronavirus epidemiyasi sababli o‘z ishini to‘xtatdi. Ma'lum qilinishicha, 4 deputat koronavirusga chalingan. Shuningdek, 30 deputat koronavirusga test topshirgan.
Foto: AP
Parlament ishi to‘xtagani haqida uning prezidiumi vakili Asadulla Abbosiy ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, parlament yig‘ilishlari keyingi ko‘rsatmalar ma'lum qilinmaguncha o‘tkazilmaydi.
Eronda bir necha yuqori lavozimli shaxslar koronavirusga chalindi. Jumladan, 27 fevralda Eronning ayollar va oila ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma'suma Abtaxor koronavirusga chalingani ma'lum qilindi. Bundan avvalroq Eron sog‘liqni saqlash va tibbiy ta'lim vaziri o‘rinbosari Iroj Xarirchi, parlament deputati Mahmud Sodiqiy koronavirusga chalinganlarini ma'lum qilishgan. Shuningdek, Eronning Vatikandagi sobiq elchisi Hodi Xusravshohiy koronavirus sababli hayotdan ko‘z yumdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda ayni vaqtda umumiy hisobda 245 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 26 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
09:38
BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni yana Eron hujumlariga duch keldi
09:23
Tramp ittifoqchilaridan noroziligini bildirdi
21:14 / 06.04.2026
Eron vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini rad etdi
20:10 / 06.04.2026