Masalaning asl mohiyatidan bexabar köpçilik uşbu voqealar yuzasidan bildirayotgan fikrlari va şarhlarida içki işlar organlari xodimlarini göyoki tinçgina yaşab kelayotgan odamlarning tinçini buzganlikda ayblaşmoqda.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vaziri, Toşkent şahar va Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmalari, viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliqlariga eslatma jönatildi.

Unda şunday deyiladi:

«Ma'lum qilamanki, sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim viloyatlarda aholi tomonidan suğoriladigan yerlardagi noqonuniy qurilmalarni hokimlik organlari tomonidan buziş kabi işlar avj olayotgani, uşbu jarayonga jamoat tartibini saqlaş uçun jalb etilgan içki işlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolar va hokimiyat vakillari örtasidagi ziddiyatlarning oldini oliş vaqtida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar aks etgan videotasvirlar tarqalayotgani kuzatilmoqda.

Bu esa, öz navbatida, keng jamoatçilikda aynan içki işlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga nisbatan norozilik kayfiyati uyğonişiga sabab bölmoqda.

Mazkur kelişmovçiliklar asosan, hokimiyat vakillarining içki işlar organlari xodimlari borligidan foydalanib, fuqarolarga nisbatan noörin va qöpol xatti-xarakatlar, hurmatsizlik, öz vakolatlaridan çetga çiqiş hamda ayrim vaqtlarda aholining mulkiga oçiqdan-oçiq tajovuz qilişlari oqibatida kelib çiqmoqda.

Bu kabi vaziyatlar Içki işlar vazirligining fuqarolar huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qiluvçi xalqçil tizim yaratiş yölidagi sa'y-harakatlariga jiddiy putur yetkazib, içki işlar organlariga nisbatan keng jamoatçilikda işonçsizlik kayfiyatini keltirib çiqarmoqda.

Şu sababli, hududiy içki işlar organlari rahbarlaridan hokimiyat va fuqarolarning mulkiy turdagi özaro munosabatlarini hal etiş jarayoniga jamoat tartibini saqlaş uçun şaxsiy tarkibni jalb etişda quyidagilarga qat'iy amal qiliş talab etiladi:

1) muammoli vaziyatlar hokimiyat va fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari tomonidan oldindan muzokaralar ötkazilib, hal etilganligiga qat'iy işonç hosil qilgandan keyin joylarga çiqiş;

2) joylarda hokimiyat vakillariga fuqarolar bilan muloqot jarayonida hurmatsizlik qilmasliklarini, noörin va qöpol munosabatda bölmasliklarini tuşuntiriş, aks holda, özlariga nisbatan qonuniy tartibda çora körilişi bilan qat'iy ogohlantiriş;