Abdulaziz Komilov: «Tolibon» vakillari O‘zbekiston xavfsizligiga tahdid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini va'da qilishdi»
29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha shahrida AQSh va Afg‘onistonning «Tolibon» harakati o‘rtasida uzoq kutilgan, afg‘on xalqiga umumilliy yarashish keltirishi mumkin bo‘lgan tinchlik bitimi imzolandi.
Qatardagi tadbir ishtirokchilari Afg‘onistondagi tinchlik jarayonida O‘zbekistonning roli qay darajada bo‘lgani haqida so‘zlab berishdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi muxbiriga o‘z fikrlarini so‘zlab berdi.
— AQSh va «Tolibon» harakati o‘rtasidagi muhim bitim imzolanishini kuzatdik. Har ikki tomon to‘xtalgan asosiy shartlar o‘t ochishni to‘xtatish, zo‘ravonlikni to‘xtatish va Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash. Bu yo‘l so‘nggi qirq yil ichida ilk bor ochilmoqda.
Aytish mumkinki, prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan Toshkent konferensiyasidan so‘ng o‘tgan ikki yil ichida juda ko‘p ishlar qilindi. Boz ustiga, O‘zbekiston tomonidan bu ishlar murakkab sharoitlarda amalga oshirildi. Birinchidan, yirik davlatlarning O‘zbekiston bunday muammolarni hal eta olishiga to‘liq ishonchi yo‘q edi, ikkinchidan, juda ko‘p bahs va munozaralar bo‘ldi. Lekin, prezidentimizning qat'iyati va pragmatizmi, vaziyatni haqqoniy baholay olishi bilan biz katta muvaffaqiyatlarga erishdik.
Amalda so‘nggi ikki yil ichida Toshkentdan Dohagacha — Afg‘onistonda qirq yillik urush davrida bosilmagan — ulkan yo‘lni bosib o‘tdik. Birinchidan, O‘zbekiston atrofida xotirjamlik va xavfsizlik kamari shakllanmoqda. Afg‘oniston yo‘nalishida prezidentimiz tomonidan qo‘llanayotgan barcha sa'y-harakatlarning muayyan natijalaridan biri respublikamizning xavfsizligi mustahkamlanishi bo‘lmoqda.
Men bitta misol keltiraman: bu bizning Dohada «Tolibon» harakati rahbariyati bilan uchrashuvimiz. Bu harakat rahbariyatining vakillari bizga Afg‘oniston hududida respublikamiz xavfsizligiga biror-bir tahdid vujudga kelishiga ular tomonidan hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini va'da qilishdi. Men buni aytayotganimga sabab, «Tolibon» harakati ertaga O‘rta Osiyoga, jumladan O‘zbekiston tomon harakat qila boshlashi, vaziyat yana portlashi haqida ayrim «sharhlar» va taxminlar hanuz yangramoqda. O‘ylashimcha, bunday «sharhlovchilar» va kuzatuvchilar kerakli xulosalarni chiqarib olishlari kerak.
Ikkinchidan, bizning oldimizda mahsulotlarimiz eksporti, savdo-sotiq, janubiy davlatlar bilan kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ulkan imokniyatlar ochilmoqda. Bu — Pokiston, Eron, Hindiston kabi davlatlar va Afg‘onistonning o‘zidan iborat ulkan bozordir, — dedi A.Komilov.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron yadroviy kelishuvni qayta tiklashdan bosh tortdi
Jahon | 17:35
-
Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 17:32
-
O‘ttiz yil oldin Yaponiyadai sekta Tokio metrosida zarin gazi ishlatib, terakt uyushtirgandi - fotosuratlar
Jahon | 17:24
-
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:09
Mavzuga oid

18:10 / 21.03.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:53 / 21.03.2025
O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

21:24 / 19.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish boshlandi

20:52 / 14.03.2025