Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Turkiya bilan chegarada tayyorgarlikning yuqori darajasini e'lon qildi
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat qochqinlarning yangi oqimiga yolg‘iz bardosh bera olmasligini va Turkiya ular uchun YeI chegaralarini ochib yuborishini ma'lum qilgandi.
YeIning tashqi chegaralar nazorati bo‘yicha Frontex agentligi Turkiyadan qochqinlarlar oqimi kuchaygani sababli Yevrohamjamiyat chegaralarini himoya qilish bo‘yicha tayyorgarlikni yuqori darajaga ko‘tardi.
"Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib turibmiz va Turkiya bilan barcha chegaralardagi tayyorgarlikni yuqori darajaga ko‘tardik", - dedi agentlik matbuot xizmati vakili Izabella Kuper.
Qayd etilishicha, agentlik Gretsiya va Bolgariyada muntazam operatsiya o‘tkazadi.
"Eng yirik operatsiya Gretsiya orollarida o‘tkaziladi, u yerda 400 nafarga yaqin kishimiz bor, Bolgariyada 60 nafar ofitser va quruqlikdagi Gretsiya-Turkiya chegarasidagi Yevros hududida ham xodimlarimiz bor", - dedi Kuper.
Bundan avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat qochqinlarning yangi oqimiga yolg‘iz bardosh bera olmasligini va Turkiya ular uchun YeI chegaralarini ochib yuborishini ma'lum qilgandi.
Anqara Suriyaning Idlib viloyatidagi so‘nggi voqealardan keyin suriyalik qochqinlarning Yevropa tomon harakatini to‘xtatib bo‘lmay qolganini ma'lum qilgan. Aslida Turkiya va YeI o‘rtasidagi 2016 yilgi kelishuvga muvofiq, moliyaviy va gumanitar yordam evaziga Turkiya ularni o‘tkazmasligi ko‘zda tutilgan.
1 mart holatiga ko‘ra, Turkiya orqali Yevropaga tomon yo‘lga tushgan qochqinlar soni 76 ming 358 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026