SARS-CoV-2 koronavirusini yuqtirib olganlar soni böyiça Janubiy Koreya Xitoydan keyingi ikkinçi örinda qolmoqda. 1 mart holatiga köra, mamlakatda 3700dan ortiq kişida kasallik aniqlangan, 21 bemor vafot etgan.

Koreyaning markaziy hududida joylaşgan Tegu şahri mamlakat böylab koronavirus tarqalişining asosiy öçoği bölib turibdi.

Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri Eldor Vohidov mazkur şaharda bölib, u yerda yaşayotgan özbekistonliklar bilan muloqotda böldi.

Vatandoşlarimiz koronavirus tarqalişi, Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi aviqatnov töxtatilişi xabariga va umuman aslida vaziyat qanday ekanligiga turliça munosabat bildirdilar.

Dökon xodimi:

– Dökonimiz aynan Tegu şahrida joylaşgan. Xaridorlarimizning asosiy qismi – özbeklar. Bu mavzeda vatandoşlarimizdan taxminan 500 kişi yaşaydi. Uyga qaytganlar juda borsa 15-20 foizni taşkil etsa kerak. Qolganlar odatdagidek xarid qiliş uçun kelib turişibdi.

Zavod işçisi:

– Tegu şahrida, koronavirus öçoğida bölsak-da, odatdagidek işga qatnab turibmiz. Aviaqatnovlar töxtatilişi masalasiga kelsak, bu qarorni tölaqonli ma'qullayman! Koreyada bunday epidemiyalarga tayyorgarlik salohiyati ança yuqori. Kişi kasallangan taqdirda ham,  bu yerlarda davolaniş qulay. Koreya hukumati tomonidan bepul amalga oşiriladi.

Özbekistondagi yaqinlarni xavf ostiga qöyib, u yoqqa borgandan foyda yöq. Koreyada 75 mingdan ziyod Özbekiston fuqarosi bölsa, bularning barçasiga reys va karantin şaroitlarini tayyorlaşning özi böladimi?

Tadbirkor:

– Kuniga yuzlab özbekistonliklar bilan muloqotda bölamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda kötarilayotgan vahima bu yerlarda sezilmaydi. Hamma öz işi bilan band. Lekin virus tarqalmagan deya olmayman. Kasallikka çalingan bemorlar davolanayotgan şifoxona işxonamizga 4 kilometrlik oraliq masofada joylaşgan.