Koronavirus bilan boğliq epidemiya sur'ati ösib borgani sayin u bilan boğliq xabarlar ham şunçalik tez tarqalmoqda. Bunday vaziyatda yanada kengroq ma'lumotga ega böliş uçun tasdiqlangan manbalardagi mavjud ma'lumotlarni umumlaştiriş zarurati paydo böladi.
Foto: Anadolu AjansiFoto: Anadolu Ajansi
Mavjud holat qanday?
Koronavirus tarqalişidan zararlanganlar soni 87 mingga yaqinlaşgan, virus tufayli vafot etganlar soni qariyb 3 mingga yaqinni taşkil etmoqda. Uşbu raqam har daqiqada ortib bormoqda. Kasallik Antarktidadan taşqari barça qit'aga tarqalib ulgurdi. JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus Janubiy Koreya, Eron va Italiyadagi vaziyatdan söng kasallikka qarşi samarali kuraşiş uçun juda oz vaqt qolganini ta'kidladi. Epidemiya tufayli xalqaro hamjamiyatda qörquv, keskinlik va vahima muhiti hukm surmoqda. Jamiyatda yuzaga kelgan bu holat adabiyotlarda allaqaçon «koronafobiya» sifatida qayd etildi.
Koronavirus bemorning yötalişi yoki aksirişi paytida havo yölidagi tomçilar orqali boşqa insonga yuqişi ma'lum. Şuningdek, virus inson najasi orqali yuqişi böyiça ham tadqiqotlar ötkazildi, ammo bu mavjud izlanişlarning juda kam qismini taşkil etadi. Virusning poçta jönatmasi yoki uy hayvonlari orqali yuqişi haqida hali heç qanday dalil-isbot yöq. Ammo «asemptomatik» (alomatlar yöq) deb ta'riflangan kasallikning yaşirin davri virusni yuqişning yuqori darajaga ega ekanini körsatmoqda.
Kasallangan bemorlarda simptomlarning örtaça davomiyligi 5-6 kun. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, bu davr bir holatda 19 kungaça, boşqa holatda 24 kungaça çözilişi mumkin.
Kimga ta'sir darajasi kuçli?
Şuni ta'kidlaş kerakki, virusning tarqalişi va tarqaliş darajasi yuqori bölsa-da, ölim darajasi (2,3 foiz) past, Covid-19 virusini yuqtirgan bemorlarning köpçiligi (81 foizi) yengil kasallangan. Kasallik 98 foiz holda katta yoşdagi odamlarga va qöşimça kasallik (masalan, diabet, qon bosimi)ga çalingan odamlarga ta'sir qilmoqda. Hozirgaça vafot etganlarning 80 foizi 60 yoşdan oşgan, ularning 75 foizida soğliq bilan boğliq qöşimça muammolar bölgan.
Mavzuga oid
Koronavirus bolalarni çetlab ötayotgani rostmi? Şunday bölsa, sababi nima?
Virus manbayi körşapalaklar emas?
Köplab pangolinlar Malayziyadan noqonuniy yöllar orqali Xitoyga keltirilgan / Getty Images
Hozirgaça virus (96 foiz) körşapalaklardagi viruslarga öxşaş ekani va ulardan tarqagani taxmin qilingandi, ammo ötkazilgan tadqiqotdan birida pangolin nomli yovvoyi hayvonlardagi viruslar hozirgi koronavirusga 99 foiz öxşaşligi aniqlandi. Pangolin Uhandagi yovvoyi hayvonlar bozorida sotiladigan tur emas, ammo u noqonuniy savdoga qöyilgan. Hozirgi kunda virusning manbayi deb taxmin qilinadigan eng şubhali hayvon bu – pangolin.
Aeroportlardagi termal skrining qay daraja samarali?
Aeroportlarda termal skrining ötkazilişi qay darajada samara berişi eng köp bahs qilinayotgan mavzulardan. Tadqiqotlar termal skanerlaş 54 foiz samarali ekanligini körsatmoqda, ya'ni har 100 bemordan atigi 54 nafarini şu yöl orqali aniqlaş mumkin.
Koronavirus uçun emlaş işlarida hozirgi vaqtda 4 molekula diqqat markazida. Biroq uşbu tadqiqotlar 12-18 oy içida natija berişi kutilmoqda. Şu sababli qisqa muddatda vaksina paydo bölişi dargumon.
Bemorlardan taşxislaş uçun olingan namunalar RT-PCR (reverse transcription polymerase chain reaction) deb nomlangan laboratoriya usuli bilan tekşiriladi. Ammo tadqiqotlar şuni körsatmoqdaki, öpka tomografiyasi RT-PCR kabi samarali bölişi mumkin. RT-PCR salbiy natija beradigan holatlarda gumon qilingan odamda öpka tomografiyasi ötkaziş kerakligi aytilgan.
Kasallikning samarali davosi hali aniqlanmagan bölsa-da, ba'zi tadqiqotlar istiqbolli. Xitoyda dori-darmonlarni rivojlantiriş böyiça 80dan ortiq klinik tadqiqotlar olib borilmoqda. Sun'iy intellekt va orttirilgan razvedka amaliyotlari dori molekulasini işlab çiqiş va epidemiyaning tarqalişini taxmin qiliş uçun işlatiladi. Masalan, sun'iy intellekt dasturida «baritsitib» nomli dori mavjud molekulalar orasida uşbu virusga qarşi eng samarali dori bölişi mumkinligi aniqlandi. Fevral oyi boşida 760 bemorda ötkazilgan yana bir tadqiqotda «remdesivir» deb nomlangan molekula virusga qarşi samarali ekani va may oyida Xitoyda qöllanişi ma'lum qilindi. JSST remdesivir, lopinavir va ritonavir kabi dorilar böyiça izlanişlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Xitoylik olimlar uşbu dorilarni bemorlarda sinab körişmoqda. Remdesivir preparati hozirgi kunda eng istiqbolli variant hisoblanadi.
JSST tavsiyalari va körsatmalariga binoan, bemorlarni davolaş jarayoni qöşimça kasalliklarni nazorat ostida uşlab turiş orqali amalga oşiriladi. Xitoyning kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktikasi markazi tomonidan berilgan ma'lumotlarga köra, hozirgi kunga qadar 29 745 bemor davolangan.
Ruhiy salomatlik juda muhim!
Xitoydagi epidemiya soğliqni saqlaş mutaxassislarining ruhiy holatiga ham ta'sir körsatdi. Infeksion xavf, yuqori javobgarlik, uzoq iş vaqti, kamsitiş, yakkalaniş, oila a'zolaridan ajralib çiqiş, bemorlar ölimi bilan boğliq jarayonlar soğliqni saqlaş xodimlarining ruhiy zöriqişiga olib kelmoqda. Şu sababli soğliqni saqlaş tizimi mutaxassislarini qöllab-quvvatlaydigan ruhiy-ijtimoiy yordam guruhi taşkil etildi va bu böyiça maxsus qöllanma ham yaratildi. Ruhiy salomatlik bilan boğliq ayni şunday muammolar kasallik va ölim haqidagi yangiliklarga doimiy duç keluvçi har qanday jamiyatda ham paydo bölişi mumkin. Ta'kidlaş kerakki, jamoatçilikning ruhiy salomatligini örganiş epidemiyaga qarşi kuraşişda muhim örin tutadi.
Bundan keyin nima böladi?
Juda köpçilikni «Xöş, bundan keyin nima böladi?» degan savol qiziqtiradi: epidemiya sur'ati pasaymoqdami yo tobora kuçayib boryaptimi?
Tadqiqotlar şuni körsatadiki, Xitoyda davom etayotgan karantin va izolyatsiya amaliyoti samarali bölib, virus tarqalişini kamaytiradi. Biroq ba'zi olimlarning ta'kidlaşiça, hozirgi kunda uşbu kasallik Xitoydan boşqa mamlakatlarda ham tez tarqalayotgani sababli pandemiya (global avj) darajasiga yetdi. Harvard soğliqni saqlaş maktabi mutaxassislarining ta'kidlaşiça, hozirgi vaziyat pandemiya mezonlariga javob beradi. Pandemiya – bu epidemiyaning karantin çoralarini yengib, dunyoga tarqalişini ifoda etuvçi tuşunça. Pandemiyada ijtimoiy hayotni çeklaş, maktablar, kinoteatrlar, ibodat joylari va savdo markazlari kabi jamoat joylarini vaqtinça yopiş kabi çoralar körilişi mumkin.
JSST epidemiya pandemiyani keltirib çiqarişi mumkinligini aytmoqda. Avvalroq epidemiya 23 yanvardan 2 fevralgaça çözilib, keyin yana pasaya boşlaşi taxmin qilingandi. Ammo virusdan ta'sirlangan odamlar sonidagi haddan taşqari tebraniş modellaştirişga asoslangan başoratlarni yöqqa çiqarmoqda. Bu esa yaqin kelajakda nima bölişini taxmin qilişni qiyinlaştirmoqda. Hisob-kitoblarga köra, bundan keyin epidemiya avjiga çiqadi. Biroq yangilangan hisob-kitoblarga köra, avj oliş martning oxiri va may oyining oxiri orasidagi davrda kutilmoqda.
Dunyoning yetakçi ilmiy jurnallaridan biri bölgan «Nature» naşrida e'lon qilingan eng optimistik ssenariyga köra, epidemiya özining eng yuqori çöqqisiga çiqqan payt Xitoyda 1 million odam kasallikka çalinadi. Eng yomon holatda esa butun Xitoy böylab 550-650 million odam (aholining qariyb 40 foizini) kasallanişi mumkinligi aytilmoqda.
Xavf ostida bölgan davlatlar
Ta'kidlanişiça, Xitoy bilan yaqin aloqada bölgan davlatlar agar tegişli ijtimoiy çoralarni körmasa, epidemik markazlarga aylanişi mumkin. Afrika mamlakatlari, ayniqsa, Nigeriya yuqori xavf ostida. Şuningdek, Efiopiya, Sudan, Angola, Tanzaniya, Gana va Keniya soğliqni saqlaş tizimining yomonligi sababli xavf ostida bölgan davlatlar sirasida.
Asossiz ma'lumotlar bilan kuraş
Covid-19’ga qarşi kuraş davom etayotgan bir paytda asossiz ma'umotlar tarqalişi ham epidemiya körinişini olmoqda. Xitoy bu borada keskin çoralarni körmoqda. Masalan, Xitoyda sakkiz kişi jamoatçilikka yolğon xabar tarqatgani uçun hibsga olingan. Asossiz xabarlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Ijtimoiy mediadan foydalaniş jamiyatda qörquv va keskinlikni keltirib çiqaradi. Ammo tadqiqotlar şuni körsatadiki, ijtimoiy media foydalanuvçilarda kasallikning oldini oliş xatti-harakatlarida ham samarali bölişi mumkin.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti nafaqat koronavirusning, balki asossiz ma'lumotlarning ham tarqalişiga qarşi kuraşayotganini aytmoqda.
Asossiz ma'lumotlar keltirib çiqaradigan muammolardan biri – bu jamoatçilik örtasidagi vahimadir. Niqob zaxiralari tezda kamayişi va soğliqni saqlaş xizmatlarining bloklanişi, xitoyliklarga nisbatan diskriminatsiya kuçayişi şular jumlasidan.
JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesusning ta'kidlaşiça, haddan taşqari börttirilgan va asossiz ma'lumotlar yoki yangiliklar jamiyatda qörquv va vahima qözğatmoqda, bu asosiy epidemiyani boşqarişni qiyinlaştirmoqda. Dunyo böylab 30ta tasdiqlaş agentliklari uşbu soxta yangiliklar bilan kuraşmoqda.
JSST tavsiyalari
Asossiz ma'lumotlarga qarşi kuraşiş uçun JSST tomonidan quyidagi tavsiyalar berilmoqda:
Yangilik manbasiga murojaat qiling, tekşiring;
Yangiliklar tarixiga, yangiliklarning tarkibiy tarixiga e'tibor bering. Tarkibni diqqat bilan öqing;
Rasmiy muassasalarning izohlarini körib çiqing;
Yangiliklarni tasdiqlovçi mahalliy va xorijiy saytlarni kuzatib boring;
Agar siz yangiliklarni özingiz tasdiqlaşni xohlasangiz, Xitoy qidiruv tizimlaridan, ijtimoiy media platformalaridan, tarjima dasturlaridan va teskari rasm qidiriş saytlaridan foydalaning;
Asossiz, şubhali, işonçsiz va tasdiqlanmagan yangiliklarni baham körmang.