Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarda asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi
O‘zbekiston prezidentining “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2020 yil oxiriga qadar 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimini joriy etgan holda, maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi 60 foizga yetkaziladi;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘qituvchilarining yuklamasi maqbullashtiriladi, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshiriladi;
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab alohida umumta'lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron o‘qitish bo‘yicha, shu jumladan elektron sinf jurnali, o‘quvchilar kundaliklarini raqamlashtirish va elektron materiallar kutubxonasini o‘z ichiga olgan tajriba tariqasida axborot tizimlarini qog‘oz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta'lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishini ta'minlaydi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025