Jahon | 21:01 / 03.03.2020
9872
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putinning «yadroviy beshlik» sammiti o‘tkazish bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentidan tashqari, bu tashabbusni Fransiya rahbari Emmanyuel Makron hamda XXR raisi Si Tszinpin ham qo‘llab-quvvatlagan. Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Xitoy davlatlari rahbarlari uchrashuvini o‘tkazish g‘oyasi Vladimir Putin tomonidan yanvar oyida taklif etilgandi.

Foto: Joe Raedle / Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp «yadroviy beshlik» uchrashuvi — Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari ishtirokidagi sammit o‘tkazish taklifiga rozilik bildirdi. Bu haqda RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qilgan.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus Fransiya va Xitoy rahbarlari tomonidan ham ma'qullangan. Rossiyalik vazir sammit vaqti va joyi ayni vaqtda kelishilayotganini bildirgan.

«Umid qilamizki, yaqin vaqtlar ichida bu borada kelishuvga erishamiz, o‘shanda barcha ma'lumotlar e'lon qilinadi», — deya Lavrovning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Putin sammitda ishtirok etishga taklif qilgan davlatlar rahbarlari «jahon hamjamiyatini birlashishga va safarbar etishga qodir bo‘lgan yetakchilar» hisoblanishadi.

U gap insoniyatning omon qolishi haqida gap ketayotganini qo‘shimcha qilgan. «Ekspertlar yana yadroviy urush boshlanishi ehtimoli haqida gapira boshlashdi. Ammo bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», — degan Lavrov.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid