Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Putinni koronavirusdan saqlash uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Vladimir Putinni Covid-19 koronavirusidan saqlash uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma'lum qildi.
“Koronavirusning prezidentga yaqinlashishi oldini olish uchun barcha zarur choralar amalga oshirilmoqda. Aslida gap har bir fuqaro qila oladigan oddiy gigiyenik choralar haqida bormoqda”, deb aytgan Peskov jurnalistlarga.
U, shuningdek, Moskvada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat “keskin yomonlashmaganini” ma'lum qildi.
2 mart kuni Rossiya poytaxti Moskvada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat qayd etilgani, virus Italiyadan kelgan yigitda aniqlangani ma'lum qilingandi. Yigit va u bilan yaqin aloqada bo‘lgan 24 kishi shifoxonaga, u bilan bir samolyotda uchgan 83 kishi karantinga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026