Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya energetika vaziri va OPeK bosh kotibi koronavirus sababli oyoqlarda so‘rashishdi (video)
Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindo o‘zaro uchrashuv vaqtida koronavirus epidemiyasi sababli bir-birlarini antiqa usulda qarshilashdi.
Gap shundaki, oxirgi vaqtda koronavirus keng tarqalishi sababli odamlarga bir-birlari bilan so‘rashganda qo‘l siqishmaslik tavsiya qilinmoqda. Shu sababli Rossiya vakili OPeK rahbari bilan oxirgi mahal qo‘l berib so‘rashishning o‘rniga “urf bo‘layotgan” hazilona so‘rashish usulini qo‘llab, oyoqlari uchini bir-birlariga tekkazib qo‘yishdi. Ushbu holat videosi OPeKning tvitterdagi sahifasida joylangan.
👀😀#OPEC #JMMC pic.twitter.com/74JLW2XPhl
— OPEC (@OPECSecretariat) March 4, 2020
Videoda Novak va uning o‘rinbosari Pavel Sorokin OPeKning Venadagi bosh qarorgohida Barkindo bilan uning ishchi xonasida uchrashib, kulgancha bir-birlari bilan “oyoq berib so‘rashayotganlarini” ko‘rish mumkin. Aslida esa ular hech qanday to‘siqlarsiz muloqot qilishgan. Keyinroq OPeK yig‘ilishi o‘tgan zaldan translatsiyada ular bir-birlari bilan qo‘l siqishib so‘rashganlarini ko‘rish mumkin bo‘lgan.
4-6 mart kunlariga belgilangan OPeK+ davlatlarining uchrashuvi koronavirus sababli ko‘rilgan mislsiz xavfsizlik choralari sharoitida o‘tmoqda. Koronavirus yuqtirish xavfini kamaytirish maqsadida OPeK kotibiyatiga kirish joyida ishtirokchilarning tana harorati o‘lchangan. Shuningdek, ishtirokchilar soni minimumgacha qisqartirilgan. Bundan tashqari, tarixda birinchi marta OPeK yig‘ilishiga jurnalistlar qo‘yilmagan.
Mavzuga oid
12:37 / 27.10.2024
Neft – dunyo qirollari uchun endi toj emasmi?
08:40 / 06.05.2024
OPeK O‘zbekistonda xususiy bog‘chalarni rivojlantirishga 20 mln dollar ajratadi
16:03 / 23.11.2023
Jahonda neft narxi 80 dollardan pastga sho‘ng‘imoqda
17:08 / 06.10.2022