Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda koronavirus sababli shaharlar to‘sila boshlandi
Mamlakatda avvalroq yopib qo‘yilgan maktab va universitetlar Navro‘zgacha ishlamaydi.
Eronda shaharlar orasidagi qatnovlarni cheklash maqsadida yo‘llarda nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rnatilishi boshlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Said Namakiy ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalinish bo‘yicha 3513ta holat qayd etilgan, 107 kishi vafot etgan.
Avvalroq yopib qo‘yilgan maktab va universitetlar Navro‘zgacha ishlamaydi. Vazir shuningdek, haydovchilar yonilg‘i quyish shoxobchalarida mashinadan chiqmasligi kerakligini, yonilg‘ini shoxobcha xodimlari quyib berishlarini hamda qog‘oz pullardan imkon boricha foydalanmaslik kerakligini aytdi.
Koronavirus 80dan ortiq davlatda aniqlandi, 95 ming kishi kasallikka chalingan, 3200 kishi vafot etgan. Xitoydan keyingi eng yomon statistika Eron va Italiyada qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
21:57
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026