Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya mamlakatga 1 martdan keyin kelgan migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda
Hukumat Afina va Salonikida migrantlarni saqlab turish uchun yopiq markazlar tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda
Gretsiya hukumati mamlakatga 1 martdan keyin kelgan migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gretsiya hukumatining rasmiy vakili Stelios Petsas ma'lum qildi.
Uning qayd etishicha, 1 martdan boshlab mamlakat hududiga noqonuniy ravishda kirib kelgan migrantlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilmaydi va ular boshpana berishni so‘rab murojaat qila olmaydi.
"Noqonuniy o‘tganlar yopiq markazlarga joylashtiriladi va ularni deportatsiya qilish jarayoni boshlanadi. Hukumat hozirda Afina va Salonikida yopiq markazlar tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda", - dedi Petsas.
Hukumatdagi manbalarning ma'lumot berishicha, 29 fevraldan 5 martgacha Gretsiyaga noqonuniy o‘tish uchun qilingan 34 ming 778ta urinishning oldi olingan. Jami 244 kishi hibsga olingan.
O‘tgan haftada Turkiya migrantlarning yangi to‘lqinini tutib tura olmasligini bildirib, qochqinlar uchun YeI bilan chegaralarini ochib yuborganini ma'lum qildi. Shundan so‘ng minglab migrantlar Yevropaga o‘tish ilinjida Gretsiya chegarasiga yopirildi.
Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib provinsiyasida aviazarbalar natijasida 30 nafar turk harbiysi halok bo‘lganidan so‘ng chegarani ochishga qaror qildi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026